Bojan Miladinović
Boyan Miladinovich (serbcha: Бојан Миладиновић; 1982-yil 24-aprel, Krusevac, Yugoslaviya) – sobiq serb futbolchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Bojan Miladinović | ||
Tavallud sanasi | 24-aprel 1982-yil | ||
Tavallud joyi | Kruševac, SFR Yugoslavia | ||
Boʻyi | 1.90 m (6 ft 3 in) | ||
Ampluasi | Markaziy himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Napredak Kruševac (vitse-prezident) | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2000—2003 | Napredak Kruševac | 58 | (12) |
2004—2008 | Red Star Belgrade | 24 | (0) |
2008 | Napredak Kruševac | 16 | (3) |
2009—2014 | Paxtakor Toshkent | 97 | (13) |
2015 | Felda United | 32 | (2) |
2016—2019 | Napredak Kruševac | 52 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2004 | Serbiya va Chernogoriya U21 | 4 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyati
tahrir2000-yilda Boyan Miladinovich professional faoliyatini oʻz ona shahri Krusevacda, „Napredak“ jamoasida boshlagan. „Napredak“da oʻtkazgan uch mavsum davomida u 56 oʻyinda maydonga tushib, 1 gol urgan.
2001-yilda u „Trayal“ klubida ijara asosida oʻynagan va 27 ta oʻyinda 2 ta gol urgan.
2004-yilda Boyan Miladinovich Serbiya futbolining bayroqdori – „Srvena Zvezda“ Belgrad jamoasiga qoʻshildi. „Srvena Zvezda“ bilan ikki mavsum davomida u uchta oʻyinda maydonga tushdi.
2008-yilgi mavsumda u yana Napredakka koʻchib oʻtdi va bir mavsumni Krusevas shahri jamoasida oʻtkazdi va u yerda 16 ta oʻyinda ishtirok etdi va 3 ta gol urdi.
2009-yilda Oʻzbekistonga koʻchib oʻtdi va oʻzbek futbolining bayroqdori Toshkentning „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Shu vaqt ichida u 70 ta oʻyinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi.
2015-yilda faoliyatida oʻzgarishlarga qoʻl urdi va „Felda Yunayted“ bilan shartnoma imzolash orqali Malayziya chempionati oʻtdi.
Jamoa faoliyati
tahrir2004-yilda Serbiya yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan. Oʻsha yili u yoshlar jamoasi tarkibida ettita oʻyinda maydonga tushdi. Keyingi yillarda u terma jamoaga chaqirilmadi.
Yutuqlar
tahrirOʻzbekiston
- Oʻzbekiston chempioni: 2012, 2014
- Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2009, 2010
- Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2009; Serbiya
- Serbiya chempioni: 2004, 2006, 2007
- Serbiya chempionatining kumush medali sovrindori: 2005, 2008
- Serbiya kubogi sohibi: 2004, 2006, 2007
- Serbiya kubogining kumush medali sohibi: 2005
Havolalar
tahrir- Bojan Miladinović Worldfootball saytida
- Bojan Miladinović Soccerway saytida