Bojxona xizmati — bojxona organlarida amalga oshiriladigan davlat xizmatining tarkibiy qismi. Bojxona xizmati organlari OʻzRning yagona bojxona siyosatini amalga oshirish va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuziladi. OʻzR Davlat bojxona qoʻmitasi. Davlat bojxona qoʻmitasining QR. vil.lar. Toshkent sh. boʻyicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari bojxona organlaridir. Bojxona organlari oʻz faoliyatida OʻzR Kons.ga, OʻzRning qonun xujjatlariga va xalqaro shartnomalariga amal qiladilar. Bojxona organlari qonun xujjatlariga muvofiq oʻz faoliyatini davlat hokimiyati mahalliy organlaridan mustaqil tarzda amalga oshiradilar. Bojxona organlari oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlar barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi shart. Bojxona xizmatining alohida masalalari boʻyicha maxsus xujjatlar qabul qilingan. Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga bojxona organlarida shtat lavozimini egallab turgan yoki bojxona organlari kadrlarida turgan maxsus unvon berilgan shaxslar kiradi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi