Boku Teleminorasi (ozarb. Baki Televiziya Qullesi) — Ozarbayjon poytaxti Bokuda joylashgan teleminora. Balandligi 310 metr boʻlib, Ozarbayjonning eng baland binosi hisoblanadi. Boku Teleminorasi dunyoda balandligi boʻyicha 34-oʻrinni egallaydi.

Boku Teleminorasi

Tarixi

tahrir

Boku Teleminorasi SSSR Vazirlar Kengashi qarori va Ozarbayjon SSR Aloqa Vazirligi buyurtmasi asosida SSSR Aloqa Vazirligi instituti loyihasi boʻyicha qurilishi boshlandi.

Qurilish ishlari 1979-yilda boshlandi. Loyiha dasturi boʻyicha qurilish ishlari 1985-yilda nihoyasiga yetishi kerak edi. Biroq baʼzi sabablarga koʻra qurilish ishlari muayyan muddatga toʻxtatildi. Teleminora qurilishi 1993-yilda davom etildi va 1996-yilda Boku Teleminorasi tantanali ravishda ochildi[1].

2008-yilda Boku Teleminorasida kapital rekonstruksiya ishlari olib borildi va 27-qavatda (175-metrda) shahar manzarasini aks etuvchi aylanma restoran barpo etildi[2][3].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir