Bolalar bronxoektatik kasalligi


Bronxoektazlar chaqnaydigan epiteliy va peribronxial toʻqimalar darajasida uzoq davom etadigan yalligʻlanish-destruktiv jarayonini oʻzida namoyon etadi. Mushakning choʻziluvchanligini yoʻqotilishi sababi nafas olish yoʻllarining shilliqdan ajrala olishga qodir emasligi hisoblanadi. Yiringli secretning (shiraning) turib qolishi pnevmoniya retsidivi (zotiljamni qaytalanishi) va keyinchalik destruksiya (buzilishi)ga olib keladi. Natijada, bronxlarning drenaj funksiyasi buzilishi bilan ularning kengayishi sodir boʻladi. Bronxoektaziya (bronxlar kengayishi) – koʻproq bolalik yoshi kasalligi. Maʼlumki, 5 yoshgacha boʻlgan bolalar bronxoektaziya (bronxlar kengayishi)ga chalingan kasallar orasida 50%ni, 10 yoshdan 18 yoshgacha boʻlganlari esa 75%dan koʻpini, 20 yoshdan oshganlar orasida taxminan 8-10% tashkil qiladi. Bronxoektazlarning sabablari turlicha. Qator holatlarida kasallik dizontogenetik bronxoektazlar deb ataladigan, bronxoʻpka (oʻpka-nafas yoʻllari) tizimining tugʻma anomaliyasi rivojlanishi natijasida yoki postnatal nuqsonning rivojlanishi sodir boʻladi. Kartagener 1933-yilda oʻz ichiga sinusit (burun boʻshligʻining kasallanishi), ichki aʼzolarning teskari joylashuvi va bronxoektazlarni oladigan sindromni taʼrifladi. Situs inversus (aʼzolari teskari joylashgan) va dekstrokardiyasi (yuragi oʻngda joylashgan) 20% bemorlarda bronxoektaz boʻladi, bu vaqtda ularning umumiy populyatsiyadagi (koʻpayishdagi) eng yuqori tezligi 0,5%ni tashkil etadi. Ushbu boʻlimda biz tez-tez toʻqnash keladigan ustunlikka ega va oʻta kech diagnostikalanadigan va buning natijasida, koʻpincha bolalarni majruh qiladigan orttirilgan bronxoektazlarga toʻxtalishni maqsadga muvofiq, deb hisobladik. Klassifikatsiyasi. Bronxoektazlarni quyidagicha farqlashadi: • genez boʻyicha – tugʻma, orttirilgan, dizontogenetik; • shakli boʻyicha – silindrik, duksimon, qopli, kistoz; • tarqalgani boʻyicha – bir tomonlama, ikki tomonlama, oʻpka boʻlak va segmentlarini koʻrsatilishi bilan; • jarayon kechishi boʻyicha – keskinlashuv, remissiya. Orttirilgan bronxoektazlar orasida, koʻpincha, qopli va kistoz shakllar jarrohlik yoʻli bilan davolanadi. Oʻtkir pnevmoniyadan soʻng bronxogrammada aniqlanadigan silindrik bronxoektazlar, baʼzan asliga qaytaradigan qobiliyatga ega. Etiologiya va patogenez. Bronxoektazlarning rivojlanishiga asosan orttirilgan xarakterdagi patologiyaning turli koʻrinishlari olib kelishi mumkin. Koʻpincha ular erta yoshda kechgan, takroriy pnevmoniyalar natijasi hisoblanadi. Oʻtkir pnevmoniyaning davomli yoki surunkali rivojlanishiga, kech boshlangan yoki tugallanmagan muolaja, antibiotiklarning notoʻgʻri qoʻllanishi, raxit, gipotrofiya va boshqalarga sharoit yaratishi mumkin. Bunday etiologiyadagi pnevmoniyalar, koʻpincha bronxlar deformatsiyasi va peribronxial va interstitsial toʻqimalarda yalligʻlanish rivojlanshiga olib keladigan surunkali obstruktiv bronxit bilan kuzatiladi. Bronxial daraxtning obstruksiyasi ichkaridan ham, tashqaridan ham distalroq joylashgan oʻpkaning mos keluvchi boʻgimlarida infeksiya toʻplanishi bilan atelektazlarga sabab boʻladi. Natijada, barqaror oʻzgarishlar yuzaga keladi. Kichik bolalarda bronxoektazlarning asosiy sababi bakterial yoki virusli oʻpka infeksiyasi hisoblanadi. Anʼanaviy ravishda, shuningdek, boshdan kechirilgan qizamiq, gripp va koʻkyoʻtalga alohida ahamiyat beriladi. Biroq rivojlangan davlatlarda bu kasalliklar hozirgi vaqtda kamdan kam holatlarda etiologik omil hisoblanadi. Shunga qaramasdan, ular dunyoda hamon oʻpkadagi koʻpgina ikki tomonlama infeksion jarayon sabab kistofibroz singari bronxoetkazlarning eng tarqalgan sababi hisoblanadi. Bronxoektazlarning rivojlanshiga olib keladigan patologiyaning boshqa turlaridan bronxlarning yot jismlari, allergiyali oʻpka aspetgillezi, alfa-antitripsin yetishmovchiligi va IgH oshishi bilan IgA, agammaglobulinemiya va disgammaglobulinemiya, sarkoidoz, limfoadenopatiya bilan tuberkulez, oʻtkir leykemiyani, abssesslar, oʻsimtalar, lokalizatsiyalashgan kistalar, astma va allergiyaning turli koʻrinishlarni aytish kerak. Gastroezofageal reflyuks retsidivirlaydigan oʻpka infeksiyasiga olib kelishi isbotlangan, lekin bunda bronxoektazlar kam rivojlanadi. Bronxoektazlarni chaqiradigan tashqi bosimga limfotugunlar kattalashishi bilan bogʻliq oʻrta hissa sindromi misol boʻlishi mumkin. Bronxoektazlarning klinikasi. Bronxoektazlari boʻlgan bolalarda, odatda, qon qusish bilan birga, kam keladigan surunkali yoʻtal kuzatiladi. Bolalar rivojlanishdan toʻxtashi mumkin. Ota-onalar bolada koʻp uchraydigan shamollash kasalliklari va pnevmoniyalarni kuzatishadi. Koʻpincha kasallik tarixi yozuvlarida qaytalanadigan bronxopnevmoniya tashxisi topiladi. Oʻpka sepsisining (zaharlanishining) qaytalanauvchi manbalari bronxoektazlar lokallashadigan oʻpka boʻlimlariga xos. Diagnostika. Bronxoektazlari bor bolalar deyarli har doim koʻkrak qafasi rentgenogrammasida oʻzgarishlarga ega boʻlishadi. Koʻp maʼlumotni bronxografiya koʻrsatadi (3.13-rasm). Biroq kasallik shakli, lokalizatsiyasi, oʻzgarishlar tarqalgani va ogʻirligini aniqlash imkonini beradigan KT maʼqul hisoblanadi (3.14-rasm). Oʻpkada oʻtkir yalligʻlanish jarayonidan soʻng baʼzan traxeobronxial daraxtning qayta tiklanadigan silindrik dilatatsiyasi hosil boʻladi. Shu bois, oʻpka sepsisining keskinlashuvidan soʻng, diagnostik xatolikka yoʻl qoʻymaslik maqsadida rentgenologik tekshiruvni bir necha haftaga kechiktirish tavsiya etiladi, lekin bronxlarning silindrik kengayishini, odatda, qopli bronxoektazlardan farqlashlash qiyin emas. Bolalarda bronxoektazlarning oʻziga xos lokallashuvi - pastki boʻlaklar, lekin til boʻgʻimi yoki oʻng oʻrta boʻlakni ham tortish koʻp uchraydi.


Bronxoektazlari bor bolaning immunologik tekshiruvi leykogramma bilan qonning toʻliq tahlili, taʼsirchanlikning oshganligini aniqlashda teri sinovi va immunoglobulinlarning (IgG, IgA, IgM i IgE) miqdoriy darajasini baholashni oʻz ichiga olishi kerak. Yoʻnaltirilgan antibakterial terapiya uchun namlikning bakteriologik tekshiriluvi muhim. Davolash. Agar antibiotiklar va postural drenirlash bilan toʻliq davolash kursidan soʻng infeksiya davom etsa, lekin chegaralansa, zararlangan oʻpka toʻqimasi kesilishi haqidagi masala koʻrib chiqilishi kerak. Kichik bronxoektazlarda simptomsiz kechganda, odatda, oʻpka rezeksiyasi talab qilinmaydi. Jarrohlik muolajasi kasallik bir tomonlama va oʻpkaning faqat bir boʻlagini tortilgan holatlarda eng yaxshi natijalarni beradi. Bronxoektazlar, odatda, yondosh segment (qism)larga tarqalmaydi. Oʻpka rezeksiyasiga asosiy belgi – koʻp yoʻtalish (65%). Boshqa koʻrsatmalardan qaytalanuvchi pnevmoniya, isitmalash, bolaning kasalligi tufayli maktabga doimiy qatnash imkoni yoʻqligi, takrorlanadigan qon qusish va ogʻizdagi yomon hidlarni aytish kerak. Operatsiyada segment yoki oʻpka boʻlagi rezeksiyasi tanlanadi. Agar jarayon ikki tomonlama boʻlsa, unda operatsiyalar orasidagi muddat 2-3 oydan kam boʻlmasligi kerak. Oldin ogʻirroq zararlangan tomon operatsiya qilinadi. Koʻpincha, birinchi operatsiyadan soʻng bola holati shunchalik yaxshilanadiki, keyingi operatsiya talab qilinmaydi. Jarayonga pastki boʻlakning bazal segmentlari jalb qilinganida segmentar rezeksiyani keragi yoʻq, lobektomiya oʻtgazilgani yaxshi. Pastki boʻlakning ogʻir bronxoektazlarida chapdan, koʻpincha til segmenti zararlangan. Shu sababli, ushbu lokalizatsiyada uni, mabodo zarur boʻlsa, pastki boʻlak bilan birga, tekshirish va olib tashlanishi talab qilinadi. Oʻng pastki boʻlakda bronxoektazlar aniqlangan bolalarda, koʻpincha jarayon oʻrta boʻlakni ham qamrab oladi. Katta yoshdagi bolalarda, bronxoektazi boʻlgan kattalardagi kabi bronxial arteriyalari, odatda, kengayib, bu operatsiya vaqtida texnik qiyinchiliklarga sabab boʻlishi mumkin. Zamonaviy bosqichda bronxoektazlarda aʼzo saqlash muolajalari ishlab chiqilgan, ularning maqsadi lob- va bilobektomiyalar oqibatining profilaktikasi (pastda yotuvchi segmentlarning osilishi, kasallik qaytanalishi, oʻrta devor aʼzolarining siljishi va oʻpkaning saqlangan qismlari emfizematoz oʻzgarishlari) hisoblanadi. Kam oʻzgaradigan oʻpka parenximasi va qon aylanish kichik doirasining butunligini saqlashga yoʻnaltirilgan bu usullar orasida (bronxlar ekstirpatsiyasi, zararlangan bronxlar plombalanishi) bronxlar endoplombirovkasi ustunlik qiladi (Stepanov E. A. hammuallif., 1985, Aliyev M. M. hammuallif, 2008). Aʼzo saqlash muolajalarining alohida natijalarini oʻrganish bolalik yoshida aʼzo yoʻqotiladigan operatsiyalarga raqib boʻladigan davolashning bu uslublari ustunliklari haqida xulosa qilishga asos boʻladi

Manbalar

tahrir