Bolalar rozeolasi
Bolalar rozeolasi — kichik yoshdagi bolalar orasida uchraydigan yuqumli kasallikdir. Bu kasallik Exanthema subitum, rozeola infantum, psevdorubella, oltinchi kasallik deb ham nomlanadi. Qoʻzgʻatuvchisi Human Herpesvirus HHV-6 va HHV-7 yaʼni gerpes viruslar hisoblanadi. Gerpes virusi yosh bolalarda rozeolaga, katta yoshlilarda esa surunkali charchash sindromiga sabab boʻladi. Viruslar qon orqali toʻqimalarni asosan terini zararlaydi. Mononuklear hujayralarga taʼsir qilib ulardan sitokinlar ajralib chiqishiga olib keladi. Hujayra immun faktorlariga ham taʼsir koʻrsatib terida exantema hosil qiladi. Yuqish yoʻli asosan havo-tomchi yoʻli, inkubation davri 5-15 kun. Kasallik tana haroratining koʻtarilishi bilan boshlanadi, 3 kun baland temperaturadan soʻng terida makulapopulez toshmalar paydo boʻladi. Asosn yuzda, koʻkrak va qorinda, bir necha soatdan soʻng butun tanada hosil boʻladi. Bu stadiyada jag osti limfa tugunlari kattalashishi kuzatiladi. Tanada toshma toshgandan soʻng tana harorati qayta kuzatilmaydi. Toshmadan soʻng pigmentatiya qolishi kuzatiladi. Umumiy qon analizida leykopeniya, asosan limfozitoz kuzatiladi. serologik diagnostikada Igning toʻrt marotaba ortishini koʻrish mumkin. Maxsus davolash talab qilinmaydi. Tana harorati koʻtarilganda haroratni tushiruvchi preparatlar masalan ibuprofen, paracetamol tavsiya qilinadi[1].
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Roseola infantum and other syndromes associated with acute HHV6 infection[sayt ishlamaydi](ingl.)
- Measles and rubella misdiagnosed in infants as exanthem subitum (roseola infantum)[sayt ishlamaydi](ingl.)