Bolalar texnika ijodi — bolalar faoliyatining turi. Odatda bu faoliyat modellar, mexanizmlar, oddiyroq mashinalar, asboblar, radioelektron qurilmalarini yasashdan iborat. Bolalar texnika ijodi bolalarda texnikaga qiziqishning shakllanishiga, ratsionalizatorlik va ixtirochilik qobiliyatlarining rivojlanishiga yordam beradi, taʼlim-tarbiya vositalaridan biri boʻlib xizmat qiladi. Oʻzbekistonda birinchi bolalar texnik ijodiyot markazi 1930-yil texnika va qishloq xoʻjaligi stansiyasi nomi bilan tashkil qilingan edi. Oʻzbekiston Respublikasidagi 142 texnik ijodiyot markazida 8309 dona toʻgarak ishlab turibdi, ularda bolalar texnika ijodi bilan shugʻullanmoqda (2000). Bunday toʻgaraklar va ular ishining mazmuni bolalarning yosh xususiyatlari va tayyorgarlik darajasiga muvofiqlashtiriladi. Bolalar texnika ijodi bilan maktabdan tashki taʼlim muassasalari hisoblangan oʻquvchilar saroy va uylari, klublarida ham shugʻullanadilar.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil