Bolgariya telegraf agentligi (BTA) - 1898-yilda tashkil etilgan. Sofiyada joylashgan. 1973-yildan Bolgariya Vazirlar Kengashi huzuridagi qoʻmita maqomini olgan. Bolgariyaning yirik shaharlarida, shuningdek xorijiy mamlakatlar poytaxtlarida (NyuYork, London, Parij, Moskva, Berlin, Ankara, Qohira, Dehli, Pekin va boshqalar) muxbirxonalari bor. Mamlakat gaz va radiosini ichki va tashki hayot masalalariga doir xabarlar bilan taʼminlaydi. Chet ellarga bolgar xalqi iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti haqida maʼlumotlarni tarqatadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil