Bolqon urushlari
Bolqon urushlari — Bolqon yarim orolda 1912—13-yillarda boʻlib oʻtgan ikki urush. Birinchi Bolqon urushi (1912-yil 9-oktyabr — 1913-yil 30-may) Bolqon ittifoqi (Bolgariya, Serbiya, Gresiya, Chernogoriya) bilan Turkiya oʻrtasidagi urush. London sulh shartnomasi (1913-yil 13-may) ga koʻra, magʻlub Turkiya Istanbul va Sharqiy Frakiyaning bir qismidan boshqa Bolqondagi barcha mulklaridan mahrum boʻlgan.
Ikkinchi Bolqon urushi (1913-yil 29-iyun — 10-avgust) — Bolgariyani Serbiya, Chernogoriya, Gresiya va ularga qoʻshilgan Ruminiya va Turkiyaga qarshi urushi. Urush Bolgariyaning magʻlubiyati bilan tugadi. Buharest sulh shartnomasiga (1913-yil avgust) koʻra, Bolgariya Ruminiyaga Janubiy Dobruja, Gresiyaga Makedoniyaning janubiy qismini va Gʻarbiy Frakiyaning bir qismini, Serbiyaga Makedoniya shimoliy qismining deyarli hammasini berishgan, Turkiyaga Adrianopol (Adirna) ni qaytarishga majbur boʻldi. Bolqon urushlari xalqaro ziddiyatlarning keskinlashuviga, 1914—18 yillardagi Birinchi jahon urushining tezlashuviga yoʻl ochib berdi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |