Boltaboyev Jo‘raboy
Boltaboyev Jo‘raboy — 1907-yili tug‘ilgan, Lenin rayoni Obod qishlog‘idan, quloqqa tortilgan, 1933-yili davlat majburiyatini bajarmagani uchun 3 yil qamoqqa hukm etilgan, hibsga olingunga qadar kolxoz a’zosi. Doimiy ravishda kolxozchilar orasida mag‘lubiyatchilik xarakteridagi targ‘ibot olib borganlikda, sovet hokimiyati sha’niga va uning tadbirlariga aksilinqilobiy tuhmat mish-mishlar tarqatganlikda, xorijdagi hayotni maqtaganlikda ayblangan.[1][2]
Manbalar
tahrir- ↑ Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 116-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.
- ↑ Shahidlar xotirasi, Surgun. G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2000-yil. ISBN ISBN 5-635-01865-3.