Bonifikatsiya
Bonifikatsiya (frans. bonifi cation, lot. bonus — marhamatli, yaxshi) — 1) tovarlarga haq toʻlash usullaridan biri, kelishuvlarda imtiyozlarni taʼkidlash uchun ishlatiladi. Maye, tovarning standartdan ortiq sifatlari uchun tovar narxiga qoʻshimcha berish, koʻtara (ulgurji) savdo qilganlarga tovarni arzonroq berish, mamlakatdan chiqariladigan tovarlarni xarid qilishda undirilgan soliqlarni qaytarish (eksport B. si), davlatning kreditlar uchun toʻlanadigan foizlarni oʻz gardaniga olib, subsidiya berishi singari koʻrinishlari bor; 2) sotilgan tovarlar miqdoriga qarab savdo xizmatchilarini mukofotlash.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |