Bor nazariyasi

tahrir

Nils Bor Rezerford tajribalarida kuzatilgan, lekin klassik fizika tushuntira olmaydigan natijalarni, qonuniyatlarni tushuntirishda o'zining vodorod atomi tuzilishi modelini taklif qildi(1913) Bor modeli vodorod atomi tuzilishining birinchi muvaffaqiyatli modeli bo‘lib, atom tuzilishi to‘g‘risidagi tasavvurlarning rivojlanishida muhim o‘rin tutdi. Bor modeli de-Broyl gipotezasining vujudga kelishida ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Atom nurlanishi spektridagi qonuniyatlar, atomdagi energetik sathlar birinchi marta Bor tomonidan tushuntirildi. Vodorod atomi tuzilishining Bor taklif qilgan modeli uning quyidagi postulatlarida asoslanadi:

  • 1. Atom uzoq vaqt statsionar holatlarda bo‘la oladi. Atom statsionar holatlarda energiyaning E1, E2,E3,...,En diskret qiymatlariga ega bo‘ladi. Atom statsionar holatlarda energiya nurlamaydi. Shuning uchun bunday holatlar statsionar holatlar deyiladi. Atomning statsionar holatlariga statsionar orbitalar mos keladi.
  • 2. Atomda bo‘lishi mumkin bo‘lgan statsionar orbitalardan

elektronning impuls momenti L=mʋr=nħ (n=1,2,3,...) (1) shartni qanoatlantiradigan statsionar orbitalargina mavjud bo‘ladi. Bunday orbitalar ijozat etilgan statsionar orbitalar deyiladi. Atomdagi statsionar orbitalar kvantlangan bo‘lib, diskret energetik sathlarni hosil qiladi.

  • 3. Elektron energiyasi Ei bo‘lgan orbitadan energiyasi Ef boʻlgan (Ei>Ef) orbitaga o‘tganda atom energiya chiqaradi. Chiqarilgan energiya har ikki orbita energiyalari farqiga teng bo‘ladi, ya’ni: hν=Ei-Ef (2)

Bu formuladan, ν=(Ei-Ef)/h (3). (3) formulada Ei-birinchi orbita energiyasi, Ef-ikkinchi orbita energiyasi va ν-chiqarilgan energiya chastotasi.

Kamchiliklari

tahrir

Yuqorida keltirilgan postulatlar asosida vodorod atomining birinchi muvaffaqiyatli modeli tuzildi. Bu modelda hisoblashlar doiraviy orbitalar uchun bajariladi.Bor modeli atom statsionar holatda nima uchun energiya nurlamasligini tushuntira olmaydi. Bundan tashqari, elektron yadro atrofida doiraviy orbita bo‘ylab harakatlanishini tajribada ko'rsatish mumkin emas. Shuning uchun Bor modelining tadbig'da ma’lum cheklashlar mavjud. Keyinchalik spektroskopiyada qilinayotgan yangi kashfiyotlarga Bor modeli javob bera olmadi.

Havolalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • G.Ahmedova "Atom fizikasi" kitobi, 2013-yil