Bordeaux
Bordo (fransuzcha: Bordeaux) Fransiyaning Yangi Akvitaniya mintaqasida joylashgan kommunadir. Gironde departamenti Bordeaux tumani tarkibiga kiradi.
Bordo | |
---|---|
Kommuna | |
44°50′19″N 0°34′42″W / 44.83861°N 0.57833°W | |
Mamlakat | Fransiya |
Mintaqa | Akvitaniya |
Departament | Gironde |
Fransiya tumanlari|Arrondissement | Arrondissement Bordeaux|Bordeaux |
Hukumat | |
• Hokim | Alain Juppé |
Maydon | 4,936 km2 (1,906 kv mi) |
Dengiz sathidan balandligi | 1-42 (gem: 6) m |
Aholisi (2005) |
229,900 |
Zichligi | 4363 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
Pochta indeks(lar)i | 33000, 33100, 33200, 33300, 33800 |
INSEE kodi | 33063 |
|
Aholisi
tahrirFransiyaning jan.gʻarbidagi shahar, Jironda departamentining maʼmuriy markazi, Giyen va Gaskon tarixiy viloyatining bosh shahri. Garonna daryosi boʻyida, Atlantika okeanining Biskay qoʻltigʻi yaqinida. Aholisi 208 ming kishi (1990). Mamlakatning sanoat markazlaridan, transport yoʻllari tuguni. Dengiz kemalari kira oladigan yirik port (yuk ortib tushirish yiliga 10 mln. t). B. orqali chetdan neft, kumir, fosfat, oziq-ovqat va boshqa mollar keltiriladi; chetga vinoaraq, neft mahsulotlari, yogʻochtaxta, gazmol chiqariladi. Neftni qayta ishlash, kemasozlik, aviasozlik, mashinasozlik, kimyo zavodlari, toʻqimachilik, oziq-ovqat korxonalari bor. B. da koʻplab vino tayyorlanadi va sotiladi. Shaharda universitet (1441-yildan), bir qancha muzey va teatrlar bor. Fransiyaning eng qad. shaharlaridan. Markaziy maydonlari 18-asr da qurilgan. Tarixiy binolardan sobor (12— 14-asr lar) va Katta teatr (1773—80) saqlangan.
229.900 nafar aholi istiqomat qiladi (2005). Aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 4363 nafar kishi.
Geografiyasi
tahrirMaydoni — 49,36 km2. Dengiz sathidan 1-42 (gem: 6) m balandlikda joylashgan.
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Havolalar
tahrir