Boris Berezovskiy
Boris Abramovich Berezovskiy (ruscha: Бори́с Абра́мович Березо́вский, 23-yanvar, 1946 – 23-mart, 2013)[2][3] rossiyalik oligarx, hukumat mansabdori va sobiq matematik boʻlgan. Rossiya Fanlar Akademiyasi aʼzosi boʻlgan. Avvaliga Vladimir Putinni dastaklagan Berezovskiy 2000-yilgi saylovdan keyin prezidentga qarshi chiqa boshladi va umrining oxirigacha uni tanqid qildi.[4] 2000-yil oxirida Rossiya Bosh prokurori oʻrinbosari Berezovskiyni soʻroqqa chaqirtirganidan keyin u xorijdan qaytib kelmay, Birlashgan Qirollikka koʻchdi va u yerda 2003-yili siyosiy boshpana oldi.[5] Rossiyada u keyinchalik iqtisodiy jinoyatlari uchun sirtdan hukm qilindi (birinchi ayblovlar 1999-yili Yevgeniy Primakov hukumati ostida qoʻyilgan edi).[6] Rossiya bir necha bor Britaniyadan Berezovskiyni ekstraditsiya qilishni soʻrab, rad javoblari oldi, natijada ikki mamlakat orasida diplomatik ziddiyat kuchaydi.[7][8]
Boris Abramovich Berezovskiy | |
---|---|
Борис Абрамович Березовский | |
Tavalludi |
23-yanvar 1946-yil |
Vafoti |
23-mart 2013-yil (67 yoshda) Ascot, Berkshire, Birlashgan Qirollik[1] |
Fuqaroligi | SSSR va Rossiya |
Berezovskiy Rossiyada 1990-yillarda oʻtkazilgan xususiylashtirish va „qaroqchi kapitalizm“ davrida katta boylik yigʻdi.[9] U turli aktivlar, jumladan mamlakat bosh telekanali — Birinchi kanal ustidan nazorat oʻrnatib, daromad oldi. 1997-yili Forbes jaridasi Berezovskiy davlatini $3 milliard deb baholadi.[10] U Boris Yeltsin yillarining oxirlarida Rossiya xavfsizlik kengashi ikkinchi kotibi, Yeltsinning nufuzli qizi Tatyana Dyachenkoga doʻst va Yeltsin oilasiga yaqin boʻlib, siyosiy martabasi choʻqqiga chiqdi.[11] Berezovskiy Birlik partiyasini tuzishda moliyaviy yordam qildi, bu partiya Putinning parlament asosini shakllantirib,[12] Berezovskiyga Dumada deputatlikni berdi.[13] Biroq 2000-yil mart oyidagi prezidentlik saylovidan soʻng Berezovskiy muxolifatga oʻtib, Dumadan ketdi.[14] Buyuk Britaniyagacha koʻchib ketgach, hukumat uning televideniye aktivlarini qaytarib oldi[15] va u boshqa Rossiya holdinglaridan ham mahrum qoldi.
The Washington Post gazetasida 2000-yili yozgan maqolasida Berezovskiy kuchli fuqarolik jamiyati va oʻrta sinf yoʻqligida „demokratiyadan nafratlanuvchi va yoʻqotilgan oʻrinlarini qaytarish haqida orzu qiluvchi“ sobiq kommunistlarga posangi sifatida kapitalistlar Rossiyadagi „siyosiy jarayonga toʻgʻridan toʻgʻri aralashishi“ kerak boʻlishi mumkin, deb yozgan.[16] Bu vaziyatni milliarder George Soros tanqid qilib, rus oligarxlarini 19-asr Amerikasidagi qaroqchi baronlarga qiyosladi[17] va ularni Rossiyadagi islohotlar muvaffaqiyatsizligida aybladi.[18] Muxbir Paul Klebnikov ham Berezovskiyni keskin tanqid qilib, uni oʻz maqola va kitoblarida turli jinoyatlarda ayblagan. Biroq bu ayblovlarning ayrimlari Birlashgan Qirollik mahkamalarida rad etilgan.
Britaniyadagi yangi uyidan Berezovskiy Ahmed Zakayev, Aleksandr Litvinenko hamda Aleksandr Goldfarb kabi rossiyalik oʻrtoqlari bilan „London doirasi“ tuzib, Putinni qonsiz inqilob orqali toʻntarishni maqsad qilib qoʻyganini oshkor etgan.[11][19] U Rossiyadagi „kamsitilgan va kam himoyalangan jamiyat qatlami — mahbuslar, mayda millatlar va ishbilarmonlarni dastaklash“ maqsadida Xalqaro Fuqarolik Erkinliklari Jamgʻarmasini tuzib, Putinni tanqid qilish bilan shugʻullandi.[20]
2012-yili Berezovskiy London Oliy Sudida Roman Abramovich bilan Sibneft egaligi xususida sudlashib, £3 milliard daʼvo qildi va yutqazdi.[21] Sud Berezovskiyni „haqiqatni uning joriy maqsadlariga mos kerakli shaklga solinishi mumkin oʻtkinchi, turlanuvchi tushuncha, deb qarovchi“ va „baʼzan atayin qalbaki dalil keltirgan“ „mohiyatan ishonchsiz“ guvoh, deb topdi.[22][23] Sud Berezovskiy hech qachon Sibneftga sherik boʻlmagan, deb qaror chiqardi.[24]
2013-yil 23-martida Berezovskiyning Ascot qishlogʻidagi oʻz uyida jonsiz tanasi topildi.[25] Uning oʻlimi Facebookda kuyovi va advokati Aleksandr Dobrovinskiy tomonidan eʼlon qilinib, Berezovskiy oʻz joniga qasd qilgan boʻlishi mumkin, deyildi.[26]
Manbalar
tahrir- ↑ „Another Kremlin enemy dies: Exiled Russian oligarch Boris Berezovsky found dead in bath at Berkshire house after 'losing all his millions'“. Qaraldi: 23-mart 2013-yil.
- ↑ Hoffman, David E.. The oligarchs: wealth and power in the new Russia. PublicAffairs, 2011 — 130-bet. ISBN 978-1-61039-070-5. , A Google preview
- ↑ „Russian oligarch Boris Berezovsky found dead in his bath“ (23-mart 2013-yil). Qaraldi: 23-mart 2013-yil.
- ↑ Miriam Elder.. „Cameron meeting Putin is a 'historical mistake', says exiled Russian tycoon | World news“. The Guardian (11-sentyabr 2011-yil). Qaraldi: 17-oktyabr 2011-yil.
- ↑ „The Prosecutor Digs in the Dirt – Kommersant Moscow“. Kommersant.com. 2012-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-oktyabr 2011-yil. (Wayback Machine saytida 2012-01-27 sanasida arxivlangan)
- ↑ Tom Parfitt.. „Berezovsky jailed in absentia“ (30-noyabr 2007-yil). Qaraldi: 26-aprel 2012-yil.
- ↑ „Russia and Britain: A love-hate relationship“. The Economist (19-yanvar 2008-yil). Qaraldi: 17-oktyabr 2011-yil.
- ↑ „Boris Berezovsky“. The Times. 2011-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-oktyabr 2011-yil.
- ↑ I am plotting a new Russian revolution" The Guardian. 13-aprel 2007-yil
- ↑ "Boris Abramovich Berezovsky" Profile on globalsecurity.org
- ↑ 11,0 11,1 Profile: Boris Berezovsky, BBC News, 31-may 2007-yil
- ↑ What a carve-up!, The Guardian, 3-dekabr 2005-yil
- ↑ McDermott, Roger „Duma Seat Winner Berezovsky Sees Possibility Of "Consolidation of Power."“. Jamestown.org. Qaraldi: 17-oktyabr 2011-yil.
- ↑ Amelia Gentleman in Moscow.. „Tycoon resigns from duma as relations with Kremlin cool | World news“. The Guardian (18-iyul 2000-yil). Qaraldi: 17-oktyabr 2011-yil.
- ↑ "Silencing Critics of the Kremlin" Editorial, The New York Times 23-yanvar 2002-yil
- ↑ "Oligarchs as Nation's Saviors? Berezovsky Justifies Himself" (Wayback Machine saytida 2012-10-22 sanasida arxivlangan) St. Petersburg Times 20-oktyabr 2000-yil
- ↑ "U.S. Financier Who Promoted Free Markets in Russia Censures Its 'Robber Capitalism'" (Wayback Machine saytida 2012-11-06 sanasida arxivlangan) The Washington Post 21-iyun 1997-yil
- ↑ "The Capitalist Threat" by George Soros Project Syndicate 1-may 1997-yil
- ↑ "Putin Says He Tried to Dissuade Yeltsin" Los Angeles Times 5-yanvar 2000-yil
- ↑ "Oligarch hits out at his Kremlin monster" The Guardian 21-dekabr 2000-yil
- ↑ „Berezovsky loses Abramovich claim“. Press Association (31-avgust 2012-yil). 2012-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-avgust 2012-yil.
- ↑ „Roman Abramovich wins court battle against Berezovsky“. BBC (31-avgust 2012-yil). Qaraldi: 31-avgust 2012-yil.
- ↑ Executive Summary of the Full Judgment of Gloster J in Berezovsky v Abramovich (Report) High Court of Justice 31-avgust 2012-yil Berezovsky v Abramovich Action 2007 Folio 942 archived from the original on 2012-09-05 https://web.archive.org/web/20120905133145/http://www.judiciary.gov.uk/Resources/JCO/Documents/Judgments/berezovsky-abramovich-summary.pdf. Qaraldi: 31-avgust 2012-yil.
- ↑ „Berezovsky humbled by verdict that leaves reputation in tatters“. The Independent (31-avgust 2012-yil). Qaraldi: 1-sentyabr 2012-yil.
- ↑ Mark Townsend and Simon Goodley.. „Boris Berezovsky found dead“ (23-mart 2013-yil).
- ↑ „Russian Oligarch and Sharp Critic of Putin Dies in London“. NY Times. Qaraldi: 23-mart 2013-yil.
Havolalar
tahrirVikiomborda Boris Berezovskiy haqida turkum mavjud |