Boris Anatolyevich Golender (ruscha: Борис Анатольевич Голендер, 12-sentabr 1947-yil, Toshkent) — tarixchi, oʻlkashunos olim, jurnalist va kimyo fanlari nomzodi. Dunyoning turli mamlakatlarida 100 dan ortiq nashrlar muallifi, ularning aksariyati O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga tegishli[1][2][3].

Boris Anatolyevich Golender
Tavalludi 12-sentyabr 1947-yil (1947-09-12) (77 yosh)
Istiqomat joylari Toshkent
Fuqaroligi Sovet IttifoqiOʻzbekiston
Millati rus
Sohasi kimyogar, oʻlkashunos, tarixchi
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti

Taʼlim

tahrir

Toshkent davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan, kimyo fanlari nomzodi[1].

Faoliyati

tahrir

Uzoq yillar ilmiy laboratoriya mudiri bo‘lib ishlagan. Bundan tashqari, jurnalistika bilan shug‘ullanadi[1]. „Sharq yulduzi“ jurnalida, „G‘afur G‘ulom“ nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida ishlagan. Hozirda o‘zi asoschilaridan biri bo‘lgan „Sergey Yesenin“ nomidagi Davlat muzeyida ilmiy xodim.

Kitoblari

tahrir

2002-yilda „Okna v proshloye“ (ruscha: „Окно в прошлое“ (Toshkent, 2002 y.), 2007-yilda esa Toshkent shahri tarixi va unda yashagan mashxur shaxslar haqida yozilgan „Moi gospoda tashkentsi“ (ruscha: Мои господа ташкентцы) kitoblari nashr qilingan. 2014-yilda Oʻzbekistonda yashagan polyaklar haqidagi „Polonia Turkestaniana“ kitobi nashr qilingan.

Ssenariylar

tahrir

Boris Golender ssenariysi asosida 2009-yilda rejissyor Rafael Xayritdinov tomonidan “Anor choyxonasi ustasi” va “O‘zbek zamini she’riyati” hujjatli filmlari suratga olingan. Ushbu filmlarda ikki o‘zbek rassomi: Aleksandr Volkov va Pavel Benkovning hayoti va ijodiy yo‘llari haqida hikoya qilinadi[4].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir