Boris Korolev
Boris Danilovich Korolev (1885-yil 9-yanvar, Moskva – 1963-yil 18-iyun, Moskva[1][2]) – sovet monumental haykaltaroshi, oʻqituvchisi va jamoat arbobi. Sovet haykaltaroshlik maktabi asoschilaridan biri. Leninning monumental targʻibot rejasini amalga oshirish boʻyicha tadbirlarning asosiy tashkilotchilaridan biri. U oʻz ishida realistik uslubni impressionizm va kubizm elementlari bilan uygʻunlashtirgan.
Boris Danilovich Korolev | |
---|---|
Tavalludi |
9-yanvar 1885-yil Moskva, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
18-iyun 1963-yil (78 yoshda) Moskva, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | haykaltarosh |
Taʼlimi | Moskva davlat universiteti |
Hayoti
tahrirBoris Danilovich Korolev Moskvada tugʻilgan, otasi savdo uyida ishlagan. 1896—1903-yillarda 3-Moskva gimnaziyasida tahsil olgan. Boʻlajak haykaltarosh maktab yillarida yakshanba kunlarini Stroganov maktabida oʻtkazdi, u yerda dam olish kunlari havaskorlarga navbatchi oʻqituvchining rahbarligi ostida chizishga ruxsat berilardi. 1903-yilda Moskva universitetining fizika-matematika fakultetining tabiiy fanlar boʻlimiga oʻqishga kirdi. U sotsial-demokratik davralarning faol ishtirokchisi boʻlib, targʻibot-tashviqot ishlarini katta muvaffaqiyat bilan olib bordi. U inqilobiy harakatda qatnashgani, xususan, 1905-yil dekabr qoʻzgʻoloni paytida Sadovaya-Kudrinskaya barrikada janglarida qatnashgani uchun bir necha marta qamoqqa tashlangan. Keyinchalik Korolev chet elga ketadi. 1906-yilda u Petrogradda noqonuniy yashagan. 1907-yilda boshqa nom bilan Moskvaga qaytadi. 1917-yil 25-iyunda Sotsialistik inqilobiy partiya roʻyxati boʻyicha Moskva shahar dumasi deputati etib saylandi[3].
U 1908—1917-yillarda haykaltaroshlik bilan shugʻullana boshladi. 1910-yilda u Moskva rassomlik, haykaltaroshlik va arxitektura maktabiga haykaltarosh S.M.Volnuxin ustaxonasiga oʻqishga kirdi.
Birinchi monumental asari 1912-yilga toʻgʻri keladi – Vagankovskoye qabristonida N.E.Baumanning dafn marosimi kuni oʻldirilgan talabalar qabri ustidagi barelyef bilan bezatilgan marmar stela. Korolevning oʻzi oʻrtoqlarining dafn marosimidan universitetga qaytib kelganlarida kazaklar tomonidan oʻqqa tutilganiga guvoh boʻlgan. Birinchi asardanoq inqilob mavzusi uning ijodida yetakchi mavzuga aylandi.
B.D.Korolev 1963-yil 18-iyunda vafot etdi va Moskvadagi Novodevichy qabristoniga dafn qilindi (8-boʻlim, 25-qator). Uning qabridagi yodgorlik, Boris Danilovichning eskiziga koʻra, haykaltaroshlar G.A.Shultz va Y.N.Kupreyanov (meʼmor T.G.Dombrovskaya) tomonidan yaratilgan.
Mashhur ishlari
tahrir- Saratovdagi inqilob jangchilari monumenti. Granit. 1924—1925-yillar.
- V.I.Lenin haykali (Toshkent. Bronza, granit, labradorit. 1936 yil.)
Manbalar
tahrir- ↑ „КОРОЛЁВ БОРИС ДАНИЛОВИЧ. Большая российская энциклопедия“. www.old.bigenc.ru. Qaraldi: 3-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Скульптор Королёв Борис Данилович“. www.yavarda.ru. Qaraldi: 3-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Московская Городская Дума после Октября // Красный архив, т. 2(27), 1928, c. 58-109“. 2021-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyun.