Boris Godunov
(Boris godunovdan yoʻnaltirildi)
Boris Godunov (taxminan 1552 1605. 13 (23).4) — rus podshosi (1598-yil dan), boyar Fyodor Godunovning o‘g‘li. Ivan IV saroyida tarbiyalangan. Ivan IV vafot etgach (1584), shoh Fyodorning (1584—98) yagona regenti boʻlib qoladi va amalda mamlakatni boshqardi. Ivan IV siyosatini davom ettirdi. Podsho Fyodor vafot etgach (1598), Zemskiy sobor Boris Godunovni podsho qilib sayladi. Boris Godunov Polsha bilan boʻlgan sulh muddatini uzaytirib, Shvetsiyaga qarshi urush boshladi (1590—93). Natijada Livon urushi (1558—83) davrida qoʻldan ketgan Yam, Oreshek, Ivangorod va boshqa shaharlarni Rossiyaga qaytarib oldi. Boris Godunov davrida Sibir va mamlakatning jan. rayonlarini mustamlakaga aylantirish boshlangan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |