Borjgali (gruzincha: ბორჯღალი; shuningdek, Borjgala yoki Borjgalo; Laz tilidagi Borçgali) — Gruziyada Quyosh va abadiyat ramzi[1][2]. Borjgali koʻpincha hayot daraxti ustidagi yettita aylanib turuvchi qanotchalar bilan ifodalanadi. Ular turli shakllar va oʻzgarishlarni yaratish uchun qoʻllanilinishi mumkin. Mazkur belgi Gruziya madaniyatining asosiy ramzi sifatida ham eʼtirof etiladi[3].

Borjgali belgisi

Etimologiyasi

tahrir

Borjgali atamasi Megrelian tilidan olingan boʻlib, gruzincha: ბარჩხალი (barchxali) soʻzidan kelib chiqqan, deb hisoblaniladi. Mazkur jumla soʻzma-soʻz tarjima qilinganda „kuchli porlash“ degan maʼnoni anglatadi. Boshqa baʼzi olimlar esa bu belgining turli xil kelib chiqishi haqidagi versiyalar mavjudligiga ishonishadi. Qadimgi Megrelian tilida borj „vaqt“, gal esa „oʻtish“ yoki „oqim“ degan maʼnoni anglatadi. Shunday qilib, butun ibora „vaqt oqimi“ degan maʼno hosil qiladi.

Foydalanilishi

tahrir

Nasroniylargacha boʻlgan davrda mazkur belgi Gʻarbiy (Kolxida va Sharqiy Gruziyada (Gruziya meʼmorchiligidagi Dedabodzi, „ona-ustun“)) muqaddas ramz sifatida Kura-Araxes madaniyatida, Darbaziyning bir qismi oʻlaroq keng qoʻllangan[4]. Oʻrta asrlarda esa bu belgi xristian ramziyligining bir qismiga aylanib ketgan.

Hozirgi vaqtda mazkur belgi Gruziya identifikatorlari va pasportlarida, shuningdek, valyutalarda va Gruziya regbi ittifoqi tomonidan keng qoʻllanadi. Gruziya regbi jamoasi oʻyinchilari gruzincha: ბორჯღალოსნები (borjgalosnebi) deb ataladi, bu „Borjgali (belgisi)ni olib yuradigan erkaklar“ degan maʼnoni anglatadi. Bundan tashqari, 1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshlarida Gruziya dengiz floti bayrogʻida ham shu belgidan foydalanilgan[5]. Gruziya millatchilari koʻpincha milliy gʻururni namoyish etish uchun ushbu ramzdan foydalanadilar[ iqtibos kerak ].

Galereya

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Evolving Virtual and Computational Paleontology. (2020). (n.p.): Frontiers Media SA. p.131 : „seven-rayed symbol of sun and eternity typical of Georgia
  2. Mikaberidze, A. (2015). Historical Dictionary of Georgia. United Kingdom: Rowman & Littlefield Publishers. p.204
  3. „Georgian National Museum“.
  4. რატი იონათამიშვილი „ბორჯღალასა და სვასტიკის გენეზისისთვის“ თბ.(2006) [Rati Ionatamishvili, Genesis of the Leopard and the Swastika, Tbilisi, 2006 ]
  5. Armand du Payrat, CV(R). Album des pavillons nationaux et des marques distinctives / National flags and distinctive markings, Daniel Roudaut (ill.), 8th. (French, English), Brest (France): S.H.O.M. (Service Hydrographique et Océanographique de la Marine), 2000 — 238-bet. ISBN 978-2-11-088247-9. ISBN 2-11-088247-6. Previous edition: [pie90]

    Format: A4 (tall) (279×210 mm)

Adabiyotlar

tahrir
  • Belgilar lugʻati[1] (Wayback Machine saytida 2021-09-12 sanasida arxivlangan)
  • Gruziyaning tarixiy lugʻati, Aleksandr Mikaberidze
  • T. Uilson „Svastika, eng qadimgi maʼlum ramz va uning koʻchishi“ Vosh. 1990-yil
  • Transkavkaz banknotlari, Arutiun Airapetian, 52-bet