Leyshmanioz
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Leyshmanioz — odam va xayvonlarda uchraydigan kasallik. Koʻproq tropik va subtropik iqlimli mintakalarda qayd etiladi. Leyshmaniyalar qoʻzgʻatadi va iskabtoparlar orqali yuqadi. Infeksiya manbai kemiruvchilar hisoblanadi. Teri leyshmaniozi (qarang Yomon jarohat) va ichki aʼzolar visseral leyshmaniozi farq qilinadi. Visseral leyshmanioz "kalaazar" deb ham yuritiladi. Kasallikning bu turi bilan koʻproq bolalar kasallanadi (birinchi boʻlib kasallik qoʻzgʻatuvchisini topgan ingliz vrachi U.Leyshman nomidan olingan). U surunkali kechadi, ichki aʼzolar jiddiy zararlanadi; dam-badam isitma xuruj qilishi, jigar va taloqning nihoyatda kattalashuvi, anemiya va juda oriklab ketish kasallikka xos alomatlardir. Koʻpincha, oʻlim hollari kuzatiladi. Davolash uchun tarkibida surma bor preparatlar (solyusurmin, stibanol, neostibodan va boshqalar) qoʻllanadi. Oldini olish iskabtopar va kemiruvchilarni qirishdan iborat. Shaxsiy himoya vositasi — repellentlardan foydalaniladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |