Bortdagi hisoblash mashinasi — suv osti va suv usti kemalari, aerodinamik va kosmik uchish apparatlari bortiga oʻrnatiladigan hisoblash qurilmasi yoki hisoblash mashinalari majmui. U harakatlanayotgan obʼyektga (mas, suv osti kemasiga) tashqaridan uzatiladigan hamda bortdagi radiolokatsion, radiotexnik, optik va boshqa tizimlardan keladigan turli axborotlarni ishlab chiqadi. Bu axborotlar obʼyektni va uning bortidagi tizimlarni boshqarish, ekipaj aʼzolarining sogʻligini va bortdagi tizimlarining ishga yaroqliligini nazorat qilib turish uchun zarur boʻladi. Bortdagi hisoblash mashinasi m. tezkor qurilma boʻlib, 1 sek. da bir necha oʻnlab ming amalni bajara oladi. Bortdagi hisoblash mashinasi m. sifatida elektron raqamli hisoblash mashinasi va baʼzan, gibrid hisoblash tizimiayan foydalaniladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil