Burundoy, Borunday — moʻgʻul sarkardasi; XIII asr 1230-yillari oxiri — 1240-yillari boshida Botuxon qoʻshini tarkibida Rus va boshqa mamlakatlarni bosib olishda qatnashgan. 1258—1259 yillarda moʻgʻullarga tobe knyaz Vasilko Romanovich (1199—1271) bilan birga Litva va [[Polsha]]ga yurish qilib, u yerlarni talontoroj etgan, soʻng Janubiy Gʻarbiy Rusni ham boʻysundirib, uning shaharlaridagi qalʼalarni buzdirib tashlagan. Shunda knyaz Vasilko Romanovich ham Burundoy buyrugʻiga binoan oʻzining VladimirVolinskiy knyazligidagi barcha harbiy istehkomlariga oʻt qoʻygan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil