Boruxi Kalxot
Boruxi Kalxot (1845, Buxoro – 1891, Samarqand) – Shashmaqomning Buxoro ijrochilik maktabi vakillaridan biri.
Boruxi Kalxot | |
---|---|
Tavalludi |
1845-yil |
Vafoti |
1891-yil Samarqand |
Janrlar | mumtoz ashula |
Kasbi | xonanda |
Fuqaroligi | Buxoro amirligi |
Tarjimayi holi
tahrirBoruxi Kalxot 1845-yili Buxoro shahrida boʻyoqchi kosib oilasida tugʻildi. U musiqa mashgʻulotini juda yoshligidan boshlagan. Bu xonandada ajoyib xotira, bir marta eshtishdayoq eslab qolish, har qanday sharoitda ham bilgan maqomlarni bekam-u koʻst, boshqalarga mohirona yetkazish xususiyatlari kuchli boʻlgan. Uning taniqli xonanda boʻlib yetishuvida u tugʻilib oʻsgan Buxorodagi mavjud sanʼat muhiti, ayniqsa, Shashmaqom ijrochiligi va maqomchilar: Otajalol, Otagʻiyos, Sharofxon, Tursunxoʻja, Qori Karomat, Hojixon, Qurboncha, Levicha singari bir qator atoqli ijrochilarning hissasi katta boʻlgan.
Buxoro amiri Muzaffar bilan uchrashuvidan keyin[1] u saroydagi bir qator hofiz va sozandalar bilan yaqindan tanishadi. Bu uning xonandalik sanʼatining yanada rivojlanishi, repertuarining boy va mazmundor boʻlishiga yoʻl ochadi. Hofiz keyinchalik Samarqandga koʻchib boradi. U Samarqandning sharqiy qismida joylashgan Mahallayi Sharq (yoki Yahudiyon)da istiqomad qilgan[2]. Yangi muhit, xonanda-sozandalar, maqom ijrochiligining samarqandcha uslublarini oʻzlashtira boshlaydi. Hofiz Samarqandda Buxoro Shashmaqomi ijrochilik yoʻllarini puxta egallagan, uni maromida ijro etadigan yetuk sanʼatkor boʻlib kelganligi tufayli tez orada shuhrat qozona boshlaydi.
Dastlabki xonandalik qadamini Buxoroda turli marosimlar, toʻy qoʻshiqlari va shundan keyin Shashmaqom bilan boshlagan hofiz hayotining soʻnggi yillarigacha mana shu xalq musiqa merosini ijro etish bilan mashgʻul boʻladi.
Vafoti
tahrirHofiz Boruxi Kalxot koʻp yashamadi, u 1891-yilda 46 yoshida vafot etdi. Ammo shu qisqa umri davomida xalq musiqasi ulkan xazinasining bir talay qismini oʻrgandi, ijro etdi va muhlislarga yetkazdi.