Bosh suv olish inshooti
Bosh suv olish inshooti — daryodan kanallarga toʻgʻonsiz suv olish joyida quriladigan inshoot. Bosh suv olish inshooti o. i. oʻrnini belgilashda asosan daryoning qirgʻoq sharoiti hisobga olinadi (daryo qirgʻogʻining tuproq tarkibi, yemirilish xususiyatlari toshqin vaqtida daryo suvining koʻtarilish sathi va boshqalar). Agar daryo qirgʻogʻi suv olish joyida yemirilmaydigan mustahkam boʻlsa, u holda Bosh suv olish inshooti o. i. bevosita daryo qirgʻogʻiga yaqin joyda quriladi (1tip). Lekin koʻpgina hollarda Oʻrta Osiyo sharoitida daryolar qirgʻogʻi yuviladigan boʻlganligi uchun Bosh suv olish inshooti o. i. qirgʻokdan maʼlum masofa narida quriladi (2tip). Amudaryodan suv oladigan Toshsoqa, Qizketgan kanallari Bosh suv olish inshooti o. i.lari 1tipdagi, AmuBuxoro, Qilichniyozboy kanallari Bosh suv olish inshooti o. i.lari 2tipga misol boʻla oladi. Bosh suv olish inshooti o. i. tarkibida daryodan kanalga olinadigan suv sarfini boshqarish imkonini beradigan suv oʻtkazuvchi oraliqlar, shlyuzli boshqariladigan oraliqlar barpo etiladi. Bosh suv olish inshooti o. i. kanallarga iloji boricha loyqa kirishining oldini olish uchun ham xizmat qiladi, shuningdek baʼzi Bosh suv olish inshooti o. i. shlyuzlar orqali daryodan kanallarga suzuvchi kema va zemlesoslarni oʻtkaza oladi (yana qarang Suv olish inshootlari).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |