Bosh uzatma
Bosh uzatma — avtomobil va traktor dvigatellari valining aylanma harakatini yetakchi gʻildiraklarga uzatadigan mexanizm. Shesternyalari (tishli gʻildiraklari) soniga qarab, yakka juftli va qoʻshaloq juftli xillarga boʻlinadi. Yakka juftli Bosh uzatma chervyakli, gipoidli yoki konussimon shesternyali boʻlib (1rasm), yengil avtomobillar va 4 t gacha yuk koʻtaradigan yuk avtomobillarida ishlatiladi. Avtomobilning kardan valiga ulangan val 3 yetakchi konussimon shesternya 4 ni, u esa katta yetaklanuvchi konussimon shesternya 1 ni aylantiradi. Bu shesternya differensial qutisi 2 bilan birlashgan; uning mexanizmi orqali aylanma harakatni avtomobilning yarim oʻqlari (yetakchi gildiraklari)ga uzatadi. Qoʻshaloq juftli Bosh uzatma bir juft konussimon va bir juft silindrsimon uzatmalardan iborat (2rasm). U ogʻir yuk avtomobillarida ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |