Boshqird yarusi
Boshqird yarusi (Boshqirdiston hududida oʻrganilgan, nomi shundan) — Oʻrta karbon davrining boshlangan vaqti. 1934-yilda S. V. Semixatova tomonidan "boshqird qatlamlari" nomi bilan ajratilgan. 1974-yil sobiq Ittifoqning umumiy regional sxemalarida rasmiy "Boshqird yarusi" deb qabul qilingan. Serpuxov va Moskva yaruslari oraligʻida joylashgan. Boshqird yarusi kulrang, toʻq kulrang, dolomitsimon ohaktoshlardan, magmatik va vulkan jinslardan tuzilgan. Oʻrta Osiyoda (Piskom, Fargʻona, Qurama, Turkiston, Olay, Hisor togʻlarida), Rossiya Federatsiyasi (Ural, Timan, Volgaboʻyi, DneprDon botikligi, Voronej kristalli massivi va boshqalar), Ukraina (Donbass) da tarqalgan. Boshqird yarusi da toshkoʻmir, neft va gaz, simob, polimetall qurilish materiallari uyumlari bor. Qurama togʻlaridagi Boshqird yarusi da boksit boyligi va oltin (Koʻchbuloq oltin konivulkan jinslarda) bor. Gʻarbiy Yevropada Boshqird yarusi ga mahalliy stratigrafik sxema boʻyicha yuqori namyur va quyi vestfal toʻgʻri keladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |