Bosim datchigi — gaz yoki suyuqlik bosimini mexanik, elektr yoki pnevmatik signalga aylantirib beradigan oʻlchov oʻzgartirgichi. Yuqori va past bosimlarga moʻljallangan xillari boʻladi. Yuqori (10 MN/m2 dan ortiq) bosimga moʻljallangan Bosim datchigi (mas, magnitoelastik va pyezoelektr Bosim datchigi ) oʻlchanadigan kattalik (qiymat)ni bevosita chiqish signaliga aylantirib beradi. Past bosimga moʻljallangan Bosim datchigi oldin bosimni mexanik siljishga aylantirib, keyin uni chiqish signaliga aylantiradi (qarang Datchik).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil