Bosish qurilmasi - 1) hisoblash texnikasida — axborotlarni oʻrama qogʻoz (rulon), lenta yoki varaqqa raqamlar yoki harflar — raqamlar bilan avtomatik tarzda bosadigan elektrmexanik qurilma. Bunday qurilmalar jumlasiga alfavitraqamli B.Q., elektr yozuv mashinkasi, telegraf apparati kiradi; 2) matbaada — bosma qolipdan matn, rasm va boshqalarning bir xil nusxasini olish (kitob, gaz. va jur.lar adadi, yaʼni tirajini bosish) uchun moʻljallangan matbaa mashinasi (qarang Bosma mashina).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil