Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-ligasi
Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-ligasi (Bosniya/Xorvat, serb tilida: Ženska Premijer Liga BiH) — Bosniya va Gersegovinaning ayollar futboli ningoliy ligasi. Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-ligasi 2013-yilda tashkil etilgan. Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-ligasi Bosniya va Gersegovina Federatsiyasining Birinchi Ayollar Ligasi va Serb Respublikasining Birinchi Ayollar Ligasini birlashtirish natijasida tashkil etilgan[1].
Davlat | Bosniya va Gertsogovina |
---|---|
Konfederatsiya | UEFA |
Futbol tuzilmasidagi oʻrni | 1-darajali |
Tashkil etilgan | 2001-yil |
Jamoalar soni | 6 ta |
Ichki kuboklar | Milliy Kubok |
Xalqaro musobaqalar | UEFA Womenʼs Champions League |
Amaldagi chempion | SFK 2000 |
Eng koʻp marta chempion | SFK 2000 (20 marta) |
Veb-sayt | NFSBiH |
Joriy mavsum: Yangi mavsumga tayyorgarlik' |
Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-ligasining pley-off oʻyinlari gʻolibi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi. Lekin Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-ligasi Bosniya va Gersegovinada ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini unchalik jalb qilmaydi, shu bilan birga moliyalashtirish koʻpincha yetarli emas va klublarda infratuzilma, baʼzi hollarda hatto asosiy mashgʻulot binolari yoʻq[2].
Tarixi
tahrir2013-yilgacha Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-ligasi NFSBiH ligasi va Serb Respublikasi ligasiga boʻlingan. U paytdagi turnirlarda NFSBiH ligasining eng yaxshi ikki jamoasi pley-off yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, ayollar futboli boʻyicha Serbiya Respublikasi chempionati chempioni ham pley-off yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan. Pley-off oʻyinlari oʻtkaziladigan joy oldindan belgilab qoʻyilgan va yuqarida aytib oʻtilgan uch jamoadan iborat guruhda oʻtkazilgan.
Formati
tahrirJamoalar ikki davrali tizimda oʻynaydi, shundan soʻng eng yaxshi oʻrinni egallagan ikkita jamoa Serb Respublikasi Ayollar ligasida eng yaxshi oʻrinni olgan klubi bilan 3 ta jamoaviy pley-off guruhiga chiqadi.
2014/2015-yilgi Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-liga mavsumida 8 ta jamoa jami 21 ta oʻyin uchun uch bosqichli tizimda oʻynadi.
2020-2021-yilgi mavsum jamoalari
tahrir2020-2021-yigi Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-liga mavsumida quyidagi sakkizta jamoa oʻynaydi[3].
Jamoa | Joylashgan shahar | Uy stadioni |
---|---|---|
Banja Luka | Banja Luka | Gradski stadioni Banya Luka |
Emina Mostar | Mostar | Stadion Rojeni |
Fortuna Jivinice | Živinice | yoʻq |
Iskra | Bugojno | Stadion Jaklich |
Lokomotiv | Brčko | Stadion FK Lokomotiva Brčko |
Modricha | Modricha | Stadion Doktor Milan Yelich |
Radnik Bumerang | Stanišići | Gradski Stadion Ugljevik |
SFK 2000 | Ilidja | Butmir oʻquv markazi stadioni |
Chempion jamoalar roʻyxati
tahrirChempion jamoalar roʻyxati:[4]
- 2001-2002: NK Iskra Bugojno
- 2002-2003: SFK 2000
- 2003-2004: SFK 2000
- 2004-2005: SFK 2000
- 2005-2006: SFK 2000
- 2006-2007: SFK 2000
- 2007-2008: SFK 2000
- 2008-2009: SFK 2000
- 2009-2010: SFK 2000
- 2010-2011: SFK 2000
- 2011-2012: SFK 2000
- 2012-2013: SFK 2000
- 2013-2014: SFK 2000[5]
- 2014-2015: SFK 2000
- 2015-2016: SFK 2000[6]
- 2016-2017: SFK 2000[7]
- 2017-2018: SFK 2000[8]
- 2018-2019: SFK 2000[9]
- 2019-2020: SFK 2000[10]
- 2020-2021: SFK 2000[11]
- 2021-2022: SFK 2000[12]
Chempion jamoalar reytingi
tahrirKlub | Chempionliklar soni |
---|---|
SFK 2000 | 20 |
Iskra Bugojno | 1 |
Manbalar
tahrir- ↑ „National women's league launches in Bosnia and Herzegovina“. UEFA (2013-yil 16-avgust). Qaraldi: 2013-yil 17-avgust.
- ↑ Lejla Mazlic. „Women's football teams ignored in B&H“. HRH Sarajevo (2009-yil 16-sentyabr). 2011-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 6-avgust.
- ↑ „Club list“. nsfbih.ba. 2012-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-sentyabr.
- ↑ Hans Schöggl. „Bosnia-Hercegovina (Women) List of Champions“. RSSSF.com (2010-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 6-avgust.
- ↑ „Nogometašice SFK 2000 potvrdile dominaciju u BiH - SPORT033“. 2015-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-iyun.
- ↑ „Nova titula za SFK Sarajevo 2000“ (bs). sportsport.ba (2016-yil 17-aprel). Qaraldi: 2016-yil 24-aprel.
- ↑ „Bordo nogometašice nastavile dominaciju u Bosni i Hercegovini, SFK 2000 Sarajevo bogatiji za novi pehar Pročitajte više na (One more title for SFK)“ (bs). sport1.ba (2017-yil 30-aprel). Qaraldi: 2017-yil 2-may.
- ↑ „Šampionke iz Sarajeva nakon utakmice proslavile novu duplu krunu“ (bs). sport1.ba (2018-yil 19-may). Qaraldi: 2018-yil 21-dekabr.
- ↑ „Nogometašice SFK 2000 osvojile 17. titulu prvakinja BiH u nizu“ (bs). Klix.ba (2019-yil 20-may). Qaraldi: 2019-yil 20-may.
- ↑ N.K. „Nogometašice SFK 2000 Sarajevo novom titulom postavile svjetski rekord“ (bs). Klix.ba (2020-yil 2-iyun). Qaraldi: 2020-yil 2-iyun.
- ↑ E.B. „Nogometašice SFK 2000 nastavile dominirati i osvojile novu duplu krunu“ (bs). Klix.ba (2021-yil 24-may). Qaraldi: 2021-yil 24-may.
- ↑ E.B. „Nogometašice SFK 2000 na Koševu proslavile 20. titulu prvakinja BiH“ (bs). Klix.ba (2022-yil 6-iyun). Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
Havolalar
tahrir- Bosniya va Gertsegovina futbol assotsiatsiyasining rasmiy sayti