Bosniya va Gersegovinadagi turklar

Bosniya va Gersegovinadagi turklar yoki Bosniyalik turklar — Bosniya va Gertsegovinadagi eng qadimgi etnik ozchilikni tashkil etuvchi etnik turklardir[1]. Turk jamoati XV asrda Usmonli boshqaruvi ostida mintaqada oʻrnasha boshlagan, ammo Bosniya va Gertsegovina Avstriya-Vengrlar hukmronligi ostida boʻlganida koʻplab turklar Turkiyaga qaytib kelishgan[1].

Bosniya va Gersegovinadagi turklar
Hozirgi joylashuv areali va aholi soni
Jami: 51,108
Bosniya va Gersegovina
Til Turk, bosniya
Dini sunni islom
Kelib chiqishi turkiy xalqlar

Tarixi

tahrir

1463-yilda Usmonlilar imperiyasi Bosniya qirolligini zabt etganda, mintaqaga muhim bir turk jamoasi keldi. Bosniyada Usmonli hukmronligi davrida turk jamoatchiligi oʻsdi; ammo, Usmoniylar Bolqon urushlarida magʻlubiyatga uchraganlaridan keyin (1912-13), koʻpchilik turklar bu mintaqada yashovchi boshqa musulmonlar bilan birgalikda uylarini tashlab Turkiyaga „muhojirlar“ (musulmon boʻlmagan davlatlardan kelgan musulmon qochqinlar) sifatida koʻchib ketdilar.

Madaniyati

tahrir

2003-yilda Bosniya va Gertsegovinaning Parlament Assambleyasi „Milliy ozchiliklar aʼzolarining huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida“ qonun qabul qildi. Qonunga koʻra, turk ozchiligining madaniy, diniy, taʼlimiy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy erkinliklari davlat tomonidan himoya qilinadi[2].

2010-yil ratifikatsiyasining 2-moddasi 2-bandiga binoan, Turk tili Yevropa mintaqaviy yoki ozchiliklar tillari xartiyasiga muvofiq Bosniya va Gertsegovinaning ozchiliklar tili sifatida rasman tan olingan[3].

Bosniyalik turklar sunniy islomdirlar[4].

Jamiyat

tahrir

Bosniyadagi turk jamiyati, har ikki davlat oʻrtasidagi tarixiy rishtalar tufayli yaxshi taʼminlangan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Council of Europe. „European Charter for Regional or Minority Languages: Bosnia and HerzegovinaLANGUAGES“. Qaraldi: 2011-yil 16-oktyabr.
  2. OSCE. „National Minorities in BiH“. 2016-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-dekabr. (Wayback Machine saytida 2016-07-11 sanasida arxivlangan)
  3. Council of Europe. „List of declarations made with respect to treaty No. 148“. 2012-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-dekabr.
  4. Minahan, James (1998), Miniature Empires: A Historical Dictionary of the Newly Independent States, Greenwood Publishing Group, 46-bet, ISBN 0313306109