Bosniya xumchasi (bosniya tilida: Bosanski lonac) bosniya ragusi[1][2], boy lazzati va moslashuvchanligi uchun qadrlanuvchi taom[3]. Bosniya xumchasi yoki qozonchasi retseptlari shaxsiy va mintaqaviy istaklarga qarab farq qiladi, ammo asosiy mahsulotlar, odatda, qiyma goʻsht va sabzavotlarni oʻz ichiga oladi[4][5]. Ushbu taomda turli xil goʻshtlardan foydalanish mumkin. U Bosniyaning milliy taomi sifatida eʼtirof etiladi[6].

Bosniya xumchasi

Bosniya xumchasi yuzlab yillar davomida boy va kambagʻallarning dasturxonidan joy olib kelgan. Boylar taomni koʻproq goʻsht va boshqa qimmat mahsulotlar bilan tayyorlar edilar, kambagʻallar esa mavjud boʻlganidan foydalanishar edi. Odatdagi ingredientlar: mol goʻshti, qoʻy goʻshti, karam, kartoshka, pomidor, sabzi, maydanoz, sarimsoq, qalampir donasi (butun, maydalangan emas). Turli xil sabzavotlar yoki goʻshtlardan bu taomni tayyorlash mumkin. Bosniya xumchasi katta kastryulkada (xumchada) qatlam-qatlam qoʻyilgan goʻsht va sabzavotlardan tayyorlanadi, kastryulka toʻla boʻlguncha goʻsht va sabzavotlarni navbatma-navbat solib, keyin 100-200 ml suv qoʻshiladi. Ingredientlar odatda mayda emas, balki katta boʻlaklarga boʻlinadi[7].

Dastlab, Bosniya xumchasi sopol idishlarda kamin yoki yerdagi oʻrada dimlab pishirilgan[3]. Bugungi kunda pishirish uchun kamin/pechkalar kamayib borayotgani sababli, koʻplab oshpazlar oddiy kastryulka va oshxona plitasidan foydalanmoqdalar. Goʻsht va sabzavotlar katta boʻlaklarda boʻlgani uchun, taom taxminan 4 soat ichida tayyor boʻladi.

Manbalar

tahrir
  1. Albala, K.. Food Cultures of the World Encyclopedia, Food Cultures of the World Encyclopedia. Greenwood, 2011 — 53-bet. ISBN 978-0-313-37626-9. Qaraldi: 19 октября 2020. 
  2. Wright, C.. The Best Stews in the World: 300 Satisfying One-Dish Dinners, from Chilis and Gumbos to Curries and Cassoulet. Harvard Common Press, 2012 — 360-bet. ISBN 978-1-55832-747-4. Qaraldi: 19 октября 2020. 
  3. 3,0 3,1 Bosnia and Herzegovina Doing Business for Everyone Guide — Practical Information and Contacts. International Business Publications USA, 2012 — 221-bet. ISBN 978-1-4387-7171-7. Qaraldi: 19 октября 2020. 
  4. Walker, F.A.. Black Island: Memories from the Adriatic. Vanguard, 2006 — 140-bet. ISBN 978-1-84386-288-8. Qaraldi: 19 октября 2020. 
  5. Dale, R.. The Wordsworth Dictionary of Culinary & Menu Terms, Reference Library. Wordsworth, 2000 — 55-bet. ISBN 978-1-84022-300-2. Qaraldi: 19 октября 2020. 
  6. Long, L.M.. Ethnic American Food Today: A Cultural Encyclopedia, Ethnic American Food Today. Rowman & Littlefield Publishers, 2015 — 79-bet. ISBN 978-1-4422-2731-6. Qaraldi: 19 октября 2020. 
  7. „Боснийский горшочек“. 2021-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-oktyabr.