Bostirib sugʻorish
(Bostirib sug‘orishdan yoʻnaltirildi)
Bostirib sugʻorish, yoppasiga sugʻorish — sugʻorish usullaridan biri. Tuproq sharoiti va yerning nishabiga qarab, sugʻoriladigan yer 0,1—0,25 ga kattalikdagi maydonilarga boʻlinadi, atrofiga 0,2—0,4 m balandlikda marza olinadi. Bostirib sugʻorish usuli faqattuproqshoʻrini yuvish, yaxob berish, sholi va bedani sugʻorishda qoʻllanadi. Bostirib sugʻorish suvning ortiqcha sarflanishiga, tuproq tarkibining buzilishiga, yerning shoʻrlanishi va botqoklanishiga sabab boʻlgani uchun bu usuldan kam foydalaniladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |