Bosvoldi
oʻrtapishar qovun navi
Bosvoldi — oʻrtapishar qovun navi, oʻrtacha kattalikda, uzunligi 20—23 sm, ogʻirligi 4—7 kg. Po'stlog'i oʻrtacha qalinlikda, sirti sal tilim-tilim, toʻrsiz, rangi oqish-sariq. Ustidagi gullarining chetlari notekis chizikli, keng och yashil tasmasimon. Eti 4,5—5 sm, och yashil, gʻovak, sershira. Tarkibida 7— 8,6% qand, 3,5—4,5% saxaroza, 8,5— 10% quruq modda bor. Urugʻxonasi oʻrtacha kattalikda, urugʻi yirik, tuxumsimon, och sargʻish. Ekilganda unib chiqqandan keyin 85—90 kunda pishadi.
Hosildorligi 170—250 s/ga. Fargʻona vodiysi, Toshkent va Samarqand viloyatlarida B.ning 2417 navi (K. I. Pangalo, M. K. Goldgauzen) ekiladi (Yana q. Qovun).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |