Botir Asadov
Botir Zokirovich Asadov — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati. 2018-yildan Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi[1].
Botir Zokirovich Asadov | |
---|---|
Асадов Ботир Зокирович | |
Oʻzbеkistоnning Rossiyadagi elchisi | |
Mansab davri 2018-yil 11-oktabrdan | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Bahrom Ashrafxonov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
18-iyun 1978-yil Toshkent |
Biografiyasi
tahrirMaʼlumoti
tahrir1995-1999 — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi.
2006-2008 — O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi magistranti.
Ingliz va rus tillarini biladi.
Mehnat faoliyati
tahrir2000-2002 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi strategik va marketing tadqiqotlari bosh boshqarmasi qoshidagi Marketing tadqiqotlari boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi.
2002-2005 — Jahon bozorlarini marketing tadqiqotlari va strategik prognozlar bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi o‘rinbosari.
2005-2007 — Tashqi savdo kompaniyalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Marketing va jahon bozorlari prognozlari, barqaror hamkorlikni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i.
2007-2012 — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi devonining yetakchi maslahatchisi.
2012-2013 — Tashqi ishlar vazirligining MDH, KXShT va ShHT tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i.
2013-2015 — O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasining ShHT Kotibiyatidagi doimiy vakili.
2015-2017 — O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
2017-2018 — O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari.
2017-2018 — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi aʼzosi.
2018-2018 — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.
2018-yil 11-oktyabrdan — O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.