Botir Davronovich Boboyev (1914.15.5 — Toshkent — 1984.4.11) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, polkovnik. Rostov iqtisod institutini, Xarkov artilleriyachilar bilim yurtini bitirgan. 1942-yildan frontda. 118gvardiyachi artilleriya polki batareya komandiri. Boboyev 1945-yil yanvarda Oborniki qishlogʻida dushmanning qarshi hujumini qaytarib, oʻz batareyasini dushman roʻparasiga olib chiqib jang qilgan. Koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1945). Boboyev urushdan keyin Germaniyadagi sovet harbiy maʼmuriyatida xizmatni davom ettirdi (1945—1947). Toshkent shahri, Shayxontohur tumani harbiy komissari (1952—1972). Respublika urush va mehnat faxriylari kengashi Toshkent seksiyasining raisi (1972-yildan) lavozimlarida ishlagan[1].

Botir Boboyev
Tavalludi 15-may 1914-yil
Toshkent
Vafoti 4-noyabr 1984-yil
Toshkent
Xizmatdagi yillari 1941 — 1972
Unvoni Sovet gvardiyasi polkovnik
Harbiy  qism 118-gvardiyachi artilleriya polki
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari


Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir