Xonanda Botir Qodirov otalikni belgilash daʼvosi bilan 2024-yil 19-mart kunida Uchtepa tumanlararo sudiga oʻz daʼvo arizasini kiritgan. Bunga koʻra Qodirov, Joʻrayevlarga nisbatan „otalikni belgilash“ boʻyicha sudga ariza bilan chiqqan. 2023-yil 4-sentyabrda vafot etgan sanʼatkor Sherali Joʻrayevning farzandlari Shohjahon va Zohirshoh Joʻrayevlar bu sud ishida javobgar sifatida qatnashmoqda[1][2].

Botir Qodirov va Joʻrayevlar oʻrtasidagi sud
Qatnashuvchilar
  1. Botir Qodirov
  2. Shohjahon Jo‘rayev
  3. Zohirshoh Jo‘rayev

19-mart kuni kelib tushgan ariza 15-aprel kuniga ishni koʻrish belgilangan edi, ammo ish bilan tanishish uchun navbatdagi sud 23-aprel soat 14:30[3] ga qoldirildi. 23-aprel haftaning seshanba kunida boʻlgan sud majlisida daʼvogar vakilining eʼtiroz va koʻrsatmalarini eshitilib, bu ishga guvohlarni jalb qilish va qoʻshimcha dalillarni keltirishini soʻrab navbatdagi sud majlisini 2-mayga qoldirishdi. 2-may soat 15:00[3] da kuni boʻlib oʻtgan sud majlisini javobgar tomondan aka-uka Joʻrayevlar sud majlisini yopiq tarzda oʻtkazish haqidagi iltimosnomasi qanoatlantirildi hamda 2-may sanasidagi sud majlisi yopiq holatda boʻldi[4]. Ushbu sud ishi Uchtepa tumani sudida Lola Oʻtanboyeva boshchiligida koʻrib chiqilmoqda[3].

8-may kuni navbatdagi sud majlisi boʻlib oʻtdi. Bu sud majlisida Shohjaxon Joʻrayev hamda Botir Qodirovlar sud majlisida shaxsan ishtirok etdi. Biroq bundan oldin Shohjaxon sud majlisida faqat advokatlar ishtirok etadi degan maʼnoda shunday yozgan edi:

Aqlli, donolar uchun ma’lumot, sudda hech qaysi tomon qatnashmaydi advokatlar qatnashadi, boshidan ham advokatlar qatnashib kelgan!

— Shohjaxon Joʻrayev, [5]

Dalillar

tahrir

Adliya vazirligi huzurida faoliyat yurituvchi Hadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 2023-yil 29-sentyabridagi tavsifi koʻrsatilgan. Bunda Halimjon Nurmatov va Qodirov Botir Sheraliyevichning amaki-jiyan ekani boʻyicha fikr berilgan[6].

Yangiyo‘l tumani FHDYo boʻlimi tomonidan 2008-yilning 26-fevral kunida Botiq Qodirovning familiyasini „Joʻrayev“dan „Qodirov“ga, otasining ismini „Sherali oʻgʻli“dan „Sheraliyevich“ga oʻzgartirgani toʻgʻrisidagi 46- va 48-sonli ilovalar sudga dalil sifatida berilgan[6].

Tandiqlar

tahrir

Bu holatga Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov shunday fikr bildiradi:

Nima bo‘lgan taqdirda ham, bir buyuk odamni uch tirrancha o‘zining nafsi, maqsadi yo‘lida loy bilan qorishtirishi, har xil sabablar bo‘lishi... Bu masalada mening uchalasiga ham e’tirozim bor. Men uchun ustoz o‘zbek millatining ma’naviy boyligi, butun xonanda zotining ustozi, o‘zbek xalqining qahramoni sifatida bu odam bunday ishlarga loyiq emasdi.

Sud qarori

tahrir

2024-yil 11-sentyabrga kelib sud Botir Qodirovni marhum Sherali Joʻrayevning oʻgʻli ekanligini tasdiqladi[8].

Manbalar

tahrir