Botur xuntayji
Botur xuntayji, Erdeni Botur Xuntayji (? – taxminan 1660) – Oyrot xonligi hukmdori (1635-yildan). B. X. oʻz otasi Hara (Qora) Xulaning siyosatini davom ettirib, markaziy hokimiyatga itoat etishdan bosh tortgan oyrot hokimlari qarshiligini bartaraf qilgan. 1635-yil Gushixon bu kurashda yengilib, Jungʻoriyadan Kukunorga ketgach, B. X. Oyrot xonligining barcha eʼtirof etgan yagona hukmdoriga aylandi. 1640-yil B. X. tashabbusi bilan oyrot, xalxa va qalmiq mulkdorlari yigʻini uyushtirilib, unda „Moʻgʻul oyrot qonunlari“ deb atalgan qonunlar qabul qilindi. B. X. bir necha marta Rossiyaga oʻz elchilarini yuborib, u bilan tinchtotuv yashash va savdo-sotiqni rivojlantirishga intilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |