Boyirqu
Boyirqu — qadimiy turkiy qabila. Bargʻudjin (Barguzin) daryosi havzasi (chegarasi — shim. gʻarbda Baykal koʻli, gʻarbda Sayan togʻlari)da yashab, chorvachilik, ovchilik va temirchilik bilan shugʻullangan. V asrda Tedi (Tele) qabilalari birlashmasiga, keyinchalik turk va uygʻur xoqonliklari tarkibiga kirgan. VII asr boshida Gʻarbiy Turk xoqonligining soʻnggi hukmdorlariga qarshi ketmaket yurishlar qilgan. IX— X asrlarda bir qismi Sharqiy Turkistonga kelib joylashib, u yerda yangi tashkil topgan uygʻur xonliklarining oʻzaro urushlarida ishtirok etgan. Boyirqu xususidagi soʻnggi maʼlumotlar XIV asrga doir yozma manbalarda uchraydi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |