Boylota masjidi
Boylota masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid boʻlib, Samarqand viloyati Ishtixon tumani Boylata qishlogʻida joylashgan masjid. Maskur masjid Vazirlar mahkamasi tasarrufida hisoblanib, Musulmonlar idorasi va Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan[1].
Masjid | |
Boylota masjidi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Samarqand |
Shahar | Ishtixon |
Manzil | Samarqand viloyati Ishtixon tumani Azamatda joylashgan Boylata qishlogʻi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Asosiy sana: 1998-yil 16-dekabr
| |
Soʻngi imom | Toʻxtayev Eshmat Xubbimovich |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Tarixi
tahrirBoylota masjidining tashkil etilganligi haqida toʻliq va ishonchli manbalar kam. Ushbu masjid hozirgi kunda amaldagi masjidlardan biri hisoblanadi. Masjidning yangi binosi 1998-yil 16-dekabr oyidan boshlab faoliyat yurita boshlagan. Ushbu binoning imomi Samarqand viloyati Ishtixon tumanining imom-xatibi Toʻxtayev Eshmat Xubbimovich[2].
Joylashuvi va faoliyati
tahrirMasjid Samarqand viloyati Ishtixon tumaniga qarashli hisoblanadi. Masjid qurilishida gumbazlar tuzilishi ancha murakkab boʻlib, peshtoq, ravoq va minoraning turli shakllari oʻziga xos nafis shaklda ishlangan. Bezagida naqshlar, koshinkor bezaklar qoʻllangan boʻlib, masjid binosining tashqi va ichki bezaklarida oʻzgacha nafislik yaqqol koʻzga tashlanadi. Maskur masjiga har kunlik 5 mahal namoz ibodatlarini ado qilish uchun Ishtixon tumanining turli joylaridan musulmon insonlar tashrif buyurishadi. Shuningdek, Ishtixon tumanining Azamatga tutashgan aholi vakillari va yoʻlovchilar, Ramazon va Qurbon hayit namozlarida va Juma namozlari vaqtlarida tashrif buyurishadi. Ushbu masjidga mashrut, avtobus yoki yengil transport vositalari orqali borish mumkin va nomozxonlar uchun masjid har kunlik nomoz vaqtlarida doimo ochiq[2]. Ushbu masjid nomozxonlar uchun zarur maʼlumotlar xabar qilinadigan, haftalik juma, xayit namozlari jamoa boʻlib oʻqiladigan Ishtixon tumanidagi asosiy masjidlari sirasiga kiradi.
Manbalar
tahrir- ↑ „"BOYLATA" jome' masjidi“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 7-may 2024-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „Бойлота жоме масжиди“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 7-may 2024-yil.