Boyqaro Mirzo (1393—1423) - Hamadon va Luriston hokimi (1414— 15). Temuriy. Umarshayx Mirzoning oʻgʻli. 1410-yilgacha Shohrux Mirzo saroyida, soʻng akasi, Iroq va Fors viloyatlari hokimi Iskandar Mirzo saroyida xizmat qilgan. Shohrux Boyqaro MMirzoga Hamadon shahri, Vuruja va Nahovand qalʼalari hamda butun Luristonni suyurgʻol qilib bergan (1414). Boyqaro Mirzo Iskandar Mirzo qutqusi bilan 1415-yil Shohruxga qarshi isyon koʻtargan va shu yilning 9-iyunida Sherozni egallagan. Shohrux katta qoʻshin bilan shaharni qamal qilib, uni 8-noyabrda qayta egallaydi, Boyqaro Mirzo taslim boʻladi. Shohrux uni dastlab Qandahorga — Qaydu Mirzo huzuriga, biroq u yerda ham isyonkorlik belgilari ayon boʻlgach, 1417-yil Samarqandga joʻnatgan. Koʻp oʻtmay Boyqaro Mirzo lashkargohda qatl etilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil