Boyzoqov Iso (1900.3.10, Pavlodar viloyati Yertis tumani — 1946.3.9, Olmaota) — qozoq xalq oqini, bastakor. Toshkentdagi qozoqqirgʻiz maorif instituti (inpros)da oʻqigan (1924). Bu yerdagi havaskorlar toʻgaragida qatnashib, "Qizil bugʻdoy", "Yoshlarga" kabi ashulalar yozgan. Uning "Quralay suluv" (1925), "Choʻpon ertagi" (1926), "Oʻn bir kun va oʻn bir tun" (1938), "Oltoy etaklarida" (1939), "Kavkaz" (1941), "Oqboʻpa" (1945) kabi dostonlarida insonparvarlik, sevgiga sadoqat, mehroqibat gʻoyalari tarannum etilgan. B. haqida N. Anov "Qushiq qanoti" (1956) nomli roman yozgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil