Brakonidlar
Brakonidlar (Braconidae) -napdaqanotlipar turkumiga mansub foydali (entomofag) hasharotlar oilasi. Tanasining uzunligi 5–15 mm. Qornining dastlabki 3 boʻgʻimi (segmenti) kalta, baʼzan birinchisi bir oz uzunroq. Oyoqlari, odatda ixcham, boldirida pixi bor, oʻtirgʻich yoki poyasimon qorinli; 2—3boʻgʻimlari oʻzaro harakatsiz birikkan. Qattiq qanotlilar, tangaqanotlilar, tengqanotlilar turkumi vakillarida parazitlik bilan hayot kechiradi. Brakanidlarning koʻpgina turlari qandalalar, qoʻngazlar, kapalaklar, arrakashlar, chumolilar va pashshalarning ichki parazitidir. Voyaga yetgan gul nektari yoki soʻruvchi hasharotlarning chiqindilari (shirasimon suyuklik) bilan oziqpanadi. Katta yoshdagi lichinkasi xoʻjayin qurtida qishlaydi. Yilda 5— 6 avlod beradi. Brakanidlarning koʻpchiligi serpusht (1000 tagacha tuxum qoʻyadi). Oʻrta Osiyoning sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqasida Brakanidlarning eshilgan apanteles (Apanteles condestus Nees.), porac (Rhogas dimidiatus Spin), mikroplitus (Microplitis spectabilis Hal.), amikroplus [Amicroplus (Macrocentrus) collaris Spin.], brakon (Habrobracon hebetor Say.) va boshqa turlari tarqalgan. Brakonidlarda koʻpgina vakillaridan zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik kurashda keng foydalaniladi.
Brakonidlar | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |