Bradikardiya
Bradikardiya (yunoncha bradys — sekin va kardia — yurak) — yurak qisqarishlarining sekinlashishi, yurakning sekin (1 min. da 60 dan kam) urishi. Sogʻlom kishilarda (masalan, sportsmenlarda) ham kuzatiladi, koʻproq yurakning ayrim kasalliklari (yurak blokadasi, sinus tugun kasalliklari va boshqalar) belgisi boʻlishi mumkin. Och yurish, baʼzi zaharlanishlar, yurak glikozidlarini suiisteʼmol qilish ham bradikardiyaga sabab boʻladi. Badikardiyani bartaraf etish uchun eng avval uni keltirib chiqargan kasallik davolanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |