Brahmanlar
Brahmanlar — 1) Hindistondagi oliy kastalardan biri. Kelib chikishi boʻyicha kohinlarning qad. tabaqasi (varna)ga mansub. Kadimda B. kohinlik vazifasini oʻtab, qurbonlik marosimlariga rahbarlik qilgan, xalq orasida Vedalarni targʻib etish bilan shugʻullangan. Oʻrta asrlar davrida esa davlat ishlarida ham qatnashib, koʻproq qozilik lavozimini egallagan. Hozirgi koʻpchilik B.ning kun kechirish manbai diniy marosimlar bilan emas, balki davlat xizmati, dehqonchilik va boshqa yumushlar bilan bogʻliq. Hindistondagi hukmron sinf va ziyolilarning aksariyati B.dir. Shuningdek, B. orasida ishchilar, xizmatchilar, farroshlar, hunarmandlar ham mavjud; 2) asosan veda diniga xos rasmrusumlar bayoni va sharhidan iborat qad. hind muqaddas kitoblari (miloddan avvalgi 8—6-asrlar) boʻlib, ular Vedalarni mazmunan toʻldiradi. Qurbonlikning ahamiyatini koʻrsatish, yer xudolari — kohinlarni osmon xudolaridan yuqori qoʻyish B.ning asosiy gʻoyasidir. B.da qad. hind hunarmandchiligi, grammatikasi, astronomiyasi, falsafasi va boshqa xususida ham maʼlumotlar bor.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |