Bram Nuytinck
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Bram Nuytinck (talaffuzi: Bram Noytink; 1990-yil 4-mayda Gollandiyaning Xyomen shahrida tugʻilgan) — gollandiyalik futbolchi, „Udinese“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 4-may 1990-yil | ||
Tavallud joyi | Heumen, Niderlandiya | ||
Boʻyi | 1.91 m | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Udinese Calcio | ||
Raqami | 17 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1998—2001 | Juliana '31 | ||
2001—2009 | NEC Nijmegen | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2009—2012 | NEC Nijmegen | 73 | (7) |
2012—2017 | Anderlecht | 157 | (5) |
2017— | Udinese Calcio | 127 | (3) |
Milliy terma jamoa | |||
2010—2013 | Niderlandiya U21 | 23 | (2) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (27-iyun uchun) |
Klublardagi faoliyati
tahrirBram „NEC“ futbol akademiyasiga 2001-yilda qoʻshilgan. 2009-yilning bahorida jamoa murabbiyi Mario Ben Nuytinckni mavsum uchun tarkibga kiritgan va shundan soʻng Bram klub bilan birinchi professional shartnomasini imzolagan.
2009-yil 23-dekabrda u Gollandiya kubogi doirasidagi „Groningen“ futbol klubiga qarshi o‘yinda ilk jamoadagi debyutini o‘tkazgan[1]. 2010-yil 30-yanvarda Nuytinck Erediviziyadagi debyutini „Sparta“ futbol klubiga qarshi bahsda o‘tkazgan[2]. 12-fevral kuni „Breda“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „dubl“ni amalga oshirib, klubdagi ilk gollarini urgan[3].
2012-yil 31-avgustda Nuytinck Belgiyaning „Anderlecht“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. Transfer summasi 3 million yevroni tashkil qilgan. 15-sentyabr kuni „Lierse“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Yupil ligada debyut qilgan[4]. Uch kundan soʻng, „Milan“ futbol klubiga qarshi bahsda, Bram Chempionlar ligasida debyut qilgan[5]. 2013-yilning 1-aprelida „Genk“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Nuytinck klub uchun birinchi golini urgan[6].
2017-yilning yozida Bram Italiyaning „Udinese“ jamoasiga oʻtgan. Transfer summasi 3 million yevroni tashkil qilgan[7]. 20-avgust kuni „ChievoVerona“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Italiya A seriyasida debyut qilgan[8]. 27-avgust kuni „SPAL“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Nuytinck “Udinese” futbol klubi safidagi ilk golini urgan[9].
Xalqaro faoliyati
tahrir2010-yil 2-sentyabrda Nuytinck Gollandiya yoshlar terma jamoasi safida Ispaniyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan[10]. 2012-yil 7-sentyabrda yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati saralash bosqichida Avstriyaga qarshi o‘yinda u yoshlar jamoasi safidagi ilk golini urgan[11].
Statistika
tahrirJamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Yevropa | Boshqa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
NEC | 2009—2010[12] | 13 | 2 | 1 | 0 | — | — | 14 | 2 | ||
2010—2011[13] | 33 | 2 | 0 | 0 | — | — | 33 | 2 | |||
2011—2012[14] | 25 | 2 | 2 | 0 | — | 2 | 0 | 29 | 2 | ||
2012—2013[15] | 2 | 1 | 0 | 0 | — | — | 2 | 1 | |||
Jami | 73 | 7 | 3 | 0 | — | 2 | 0 | 78 | 7 | ||
Anderlecht | 2012—2013[16] | 33 | 1 | 6 | 0 | 5 | 0 | — | 44 | 1 | |
2013—2014[17] | 23 | 1 | 2 | 0 | 5 | 0 | 1 | 0 | 31 | 1 | |
2014—2015[18] | 11 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 15 | 0 | |
2015—2016[18] | 18 | 2 | 2 | 0 | 4 | 0 | — | 24 | 2 | ||
2016—2017[18] | 30 | 1 | 2 | 0 | 12 | 0 | — | 44 | 1 | ||
Jami | 115 | 5 | 13 | 0 | 28 | 0 | 2 | 0 | 158 | 5 | |
Udinese | 2017—2018 | 27 | 1 | 3 | 0 | — | — | 30 | 1 | ||
2018—2019 | 27 | 0 | 0 | 0 | — | — | 27 | 0 | |||
2019—2020 | 26 | 0 | 2 | 0 | — | — | 28 | 0 | |||
2020—2021 | 20 | 1 | 1 | 0 | — | — | 21 | 1 | |||
2021—2022 | 27 | 1 | 2 | 0 | — | — | 29 | 1 | |||
Jami | 127 | 3 | 8 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 135 | 3 | |
Umumiy faoliyatida | 315 | 16 | 24 | 0 | 28 | 0 | 4 | 0 | 371 | 16 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Гронинген VS. НЕК 0:2“ (en). soccerway.com (23 декабря 2009). 2013-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
- ↑ „НЕК VS. Спарта 1:0“ (en). soccerway.com (30 января 2010). 2013-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
- ↑ „НЕК VS. Бреда 4:2“ (en). soccerway.com (12 февраля 2010). 2013-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
- ↑ „Льерс VS. Андерлехт 1:1“ (en). soccerway.com (15 сентября 2012). 2014-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
- ↑ „Милан VS. Андерлехт 0:0“ (en). soccerway.com (18 сентября 2012). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
- ↑ „Андерлехт VS. Генк 1:2“ (en). soccerway.com (1 апреля 2013). 2013-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
- ↑ „«Удинезе» за 3 млн евро купил защитника «Андерлехта» Нюйтинка“ (ru). sports.ru (2017—07—29). 2017-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
- ↑ „Удинезе VS. Кьево 1:2“ (en). soccerway.com (2017—08—20). 2017-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
- ↑ „СПАЛ VS. Удинезе 3:2“ (en). soccerway.com (2017—08—27). 2017-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
- ↑ „Испания (до 21) VS. Нидерланды (до 21) 2:1“ (en). soccerway.com (2 сентября 2010). 2017-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
- ↑ „Нидерланды (до 21) VS. Австрия (до 21) 4:1“ (en). soccerway.com (7 сентября 2012). 2013-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
- ↑ „Bram Nuytinck: Season 2009/10“. FootballDatabaseEU. Qaraldi: 2014-yil 24-fevral.
- ↑ „Bram Nuytinck: Season 2010/11“. FootballDatabaseEU. Qaraldi: 2014-yil 24-fevral.
- ↑ „Bram Nuytinck: Season 2011/12“. FootballDatabaseEU. Qaraldi: 2014-yil 24-fevral.
- ↑ „Bram Nuytinck: Season 2012/13“. FootballDatabaseEU. Qaraldi: 2014-yil 24-fevral.
- ↑ „Bram Nuytinck: Season 2012/13“. FootballDatabaseEU. Qaraldi: 2014-yil 24-fevral.
- ↑ „Bram Nuytinck: Season 2013/14“. FootballDatabaseEU. Qaraldi: 2014-yil 24-fevral.
- ↑ 18,0 18,1 18,2 „B. Nuytinck“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 21-dekabr.