Brams Iogannes
BRAMS (Brahms) Iogannes (7-may 1833-yil – 3-aprel 1897-yil) – nemis kompozitori, pianinochi va dirijyor, musiqiy romantizmning yorqin vakili. Brams turli tarkibdagi ijrochilarga moʻljallangan jami 400 ga yaqin vokal (qoʻshiq, romans, duet, xor va boshqalar) asarlar yaratdi. Bular orasida Hofiz Sheroziy sheʼrlariga yozilgan „Toʻqqizta qoʻshiq va sadolar“ hamda „Beshta qoʻshiq“ (ovoz va fortepiano uchun, 1863, 1864—68) Bramsning eng yorqin oriyental (umumsharqiy) asarlaridir. Shuningdek, mashhur „Vengercha raqslar“ (jami 21 ta, 1880), qayta ishlangan venger, loʻli va boshqa xalqlar qoʻshiqlarida ham sharqona uslub xususiyatlari seziladi. Bramsning „Nemischa rekviyem“i (1868), 4 ta simfoniyasi (1874—85), fortepiano va orkestr (2 ta), skripka va orkestr, skripka, violonchel va orkestr uchun konsertlari, fortepiano uchun 3 ta sonatasi, intermessolari va boshqa asarlari Yevropa romantik musiqasi durdonalari qatoridan oʻrin olgan. Bramsning simfoniyalari, kamercholgu va vokal asarlari Oʻzbekistonda ham ijro etib kelinadi.
Brams Iogannes | |
---|---|
Tavalludi |
7-may 1833[1][2] |
Vafoti |
3-aprel 1897[1][2] Vena |
Fuqaroligi | Gamburg |
Otasi | Johann Jakob Brahms[1] |
Onasi | Johanna Henrica Christiane Nissen[1] |
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |