Brass
Brass (frans. brasse, bras — qoʻl soʻzidan) — koʻkrakda suzish usuli. Bunda qoʻl va oyoq bir vaqtning oʻzida (qoʻl suvdan chiqmagan holda) gorizontal tekislikda harakat qiladi. Oyoq harakati suzayotgan baqaning harakatlariga oʻxshab ketadi. B. eng qad. suzish usuli boʻlib, u 16-asr 1-yarmidan maʼlum. 1904-yildan erkaklar, 1924-yildan ayollar oʻrtasida olimpiada musobaqalari dasturiga kiritilgan. B. usulida suzish boʻiicha oʻzbekistonlik Svetlana Babanina jahon rekordchisi boʻlgan. Shuningdek xalqaro sport ustalari Larisa Belakon, Leonid Kolesnikov, Temur Podmarev ham Oʻzbekistonning mashhur B.chi suzuvchilaridir.
Bolalar umurtqasi qiyshayganda, ularda bukirsimonlik sezylganda B. usulida suzish bilan shugʻullanish yordam beradi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |