Braziliya yassitogʻligi
Braziliya yassitogʻligi — Janubiy Amerikaning sharqiy qismidagi toglik, 3° dan 35° gacha j.k.lar oraligʻida. Asosan Braziliyada, qisman Urugvay, Paragvay va Argentinada joylashgan. Koʻp qismining usti tekis boʻlib, balandligi 200–900 m. Sharqiy va jan.sharqiy yon bagʻirlari Atlantika okeani sohilidan tik koʻtarilgan (Bandeyra togʻi, 2890 m). Shim.da Amazonka, shim.gʻarbda va jan.da LaPlata payettekisliklariga qiyalanib tushadi. Arxey va proterozoyning kristalli va metamorfik jinslaridan tuzilgan boʻlib, fundament tekisliklari koʻrinishida chiqib qolgan. Foydali qazilmalardan temir va marganes rudalari, boksit, oltin, olmos, togʻ billuri, toriy, uran va boshqa uchraydi. Iqlimi katta qismida subekvatorial va tropik, jan.da subtropik. Jan.gʻarbdan shim.sharqqa yanvarning oʻrtacha temperaturasi 22° dan 29° gacha, iyulniki 12° dan 25° gacha ortib boradi. Bir yilda 1400–2000 mm yogʻin yogʻadi. Dare koʻp. Eng yiriklari: Araguaya, SanFransisku, Parnaiba. Ular serostona, sharsharali. Gidroenergiya resurelariga boy. Shim.gʻarbi va sharki nam tropik oʻrmonlar, markazi butazor savanna. Jan.sharqi subtropik oʻrmonlar va savannalar bilan qoplangan. Kofe, kakao, kokos palmasi oʻstiriladi, paxta, shakarqamish, banan, maniok va boshqa yetishtiriladi. Braziliya yassitogʻligit.da Iguasu milliy parki bor.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |