Fyodor Aleksandrovich Bredixin (1831.26.11, Nikolayev 1904.1.5, Peterburg) – rus astronomi, Peterburg Fanlar akademiyasi akademik (1890). Rossiya Bosh astronomik rasadxonasi (Pulkovo) direktori (1890—95). Astronomiyaning barcha boʻlimlariga oid ilmiy ishlarni bajargan va kuzatuvlar olib borgan. Protuberansspektrograf yordamida Quyosh xromosferasini tekshirdi, Quyosh dogʻlari va mashʼallarini suratga oldi. Bredixin kometalarini tekshirishga oid ishlari bilan mashhur. Rossiya Fanlar akademiyasi prezidiumi astronomiya sohasidagi yirik ishlarni taqdirlash uchun Bredixin nomidagi mukofotni taʼsis etdi (1946). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik V. P. Shcheglov Bredixin mukofoti sovrindori.

Fyodor Bredixin
Fyodor Bredixin

Bredikxin tax. 1890-yillar
Tavalludi 1 (13) dekabr 1831 va 25 noyabr (7-dekabr) 1831
Vafoti 1 (14) may 1904
Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Tashqi havolalar

tahrir