Bremsberg
Bremsberg (nem. Bremse — tormoz va Berg — tepalik) — 1) yuqori gorizontdagi foydali qazilma mexanik qurilma yordamida pastki gorizontga tushiriladigan kiya yer osti yoʻlagi; 2) yukni vagonetkalarda qiya temir yoʻldan pastga tushiradigan qurilma. Vagonetkalar sim arqon (kanat) ning ikki uchiga mahkamlab qoʻyiladi. Sim arqon tormozli shkivga kiydiriladi. Yukli vagonetkalar oʻz ogʻirligi bilan pastga tushganda boʻshagan vagonetkalar yuqoriga koʻtariladi. B.dan oʻrmon xoʻjaligida, kon ishlarida, qurilish va boshqa ishlarida foydalaniladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |