Brent Kallman (talaffuzi: Brent Kollman; 1990-yil 4-oktyabrda AQShning Nebraska shtati Omaha shahrida tugʻilgan) — amerikalik futbolchi, Minnesota United futbol klubining markaziy himoyachisi.

Brent Kallman
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 4-oktyabr 1990-yil (1990-10-04) (34 yosh)
Tavallud joyi Omaha, Nebraska, AQSh
Boʻyi 6 ft 2 in (1.88 m)[1]
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Minnesota United
Raqami 14
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012 Des Moines Menace 6 (2)
2013—2016 Minnesota United 40 (1)
2017— Minnesota United 107 (6)
2020El Paso Locomotive (ijara) 5 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 16-oktyabr uchun)

Biografiyasi

tahrir

Kallman Nebraska shtatining Omaha shahrida tugʻilgan. U toʻrt yoshga toʻlganda, uning oilasi Minnesota shtatining Voodbury shaharchasiga koʻchib oʻtgan. Brent oiladagi olti farzandning beshinchisi boʻlgan. Aka-ukalarning beshtasi kollejdagi futbol jamoalarida oʻynagan. Ammo, Brentning yana akasi Brayan va singlisi Kessi ham professional futbol bilan shugʻullangan[2].

2009-2012 yillarda Creighton universitetida oʻqiyotganda, Kallman Milliy kollej atletika assotsiatsiyasining universitet futbol jamoasida oʻynagan[3].

Klublardagi faoliyati

tahrir

2013-yilning may oyida Kallman Shimoliy Amerika futbol ligasidagi „Minnesota United“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[4]. U professional debyutini 2013-yilning 21-may kuni AQSh Ochiq Kubogida „Des Moines Menace“ futbol klubiga qarshi o‘tkazdi[5]. U Shimoliy Amerika futbol ligasidagi debyutini 2013-yilning 25-mayida „Tampa Bay Rowdies“ futbol klubiga qarshi o‘tkazgan[6]. 2015-yil 17-oktyabrda „Indy Eleven“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u professional faoliyatidagi ilk golini kiritdi.

Kallman 2017-yil 23-yanvarda yangi tashkil etilgan boshqa klub bilan shartnoma imzolagan[7][8][9]. U oliy ligadagi debyutini 2017-yilning 18-martida Colorado Rapidsga qarshi oʻtkazdi[10][11]. 2017-yil 25-martda New England Revolution futbol klubiga qarshi oʻyinda u MLSdagi birinchi golini urdi[12][13][14].

2019-yil 19-sentyabrda MLS Kallmanni 10 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilgan va u doping qabul qilganlikda ayblanib, yillik maoshining 20 foizi miqdorida jarimaga tortilgan[15][16][17][18][19].

Jamoalari

tahrir
Nomi Mamlakat Mavsum
Des Moines Menace   Germaniya 2012
Minnesota United   Germaniya 2013—hozirga qadar

Manbalar

tahrir
  1. „Brent Kallman“. Minnesota United FC. 2022-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  2. Jeff Rueter. „North Star in the making: MNUFC's Brent Kallman becomes a homegrown hero“ (en). MLSsoccer.com (2017-yil 5-may). 2020-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-aprel.
  3. „Brent Kallman“ (en). Creighton University Athletics. 2020-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
  4. Jon Marthaler. „Gameday Notebook: Woodbury native Brent Kallman joins United FC“ (en). Star Tribune (2013-yil 21-may). 2020-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
  5. Jon Marthaler. „United FC loses to Des Moines in U.S. Open Cup“ (en). Star Tribune (2013-yil 22-may). 2020-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
  6. „Minnesota defeats Tampa Bay 3-2“ (en). Minnesota United FC (2013-yil 25-may). 2013-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-iyun.
  7. „Brent Kallman Signs With MNUFC“ (en). Minnesota United FC (2017-yil 23-yanvar). 2020-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
  8. Steve Brisendine. „Ibson, Brent Kallman making move to MLS with Minnesota United“ (en). MLSsoccer.com (2017-yil 23-yanvar). 2020-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
  9. Megan Ryan. „MLS' United signs former Loons defender Brent Kallman“ (en). Star Tribune (2017-yil 24-yanvar). 2020-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
  10. „Shorthanded Loons Earn 2-2 Draw Against Colorado“ (en). Minnesota United FC (2017-yil 18-mart). 2020-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
  11. Andy Greder. „United earns first point in MLS with a 2-2 tie against Colorado Rapids“ (en). Twin Cities (2017-yil 18-mart). 2020-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
  12. „Depleted Minnesota United Falls to New England Revolution“ (en). Minnesota United FC (2017-yil 25-mart). 2020-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
  13. Megan Ryan. „Depleted Minnesota United routed again as goals against mount“ (en). Star Tribune (2017-yil 26-mart). 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
  14. Andy Greder. „Missing five starters, United loses 5-2 to New England“ (en). Twin Cities (2017-yil 25-mart). 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
  15. „Minnesota's Brent Kallman suspended 10 games for positive PED test“ (en). MLSsoccer.com (2019-yil 19-sentyabr). 2020-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
  16. „United’s Kallman suspended 10 games for substance abuse“ (en). Associated Press News (2019-yil 19-sentyabr). 2020-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
  17. „Brent Kallman Suspended For Violating MLS Substance Abuse Policy“ (en). Minnesota United FC (2019-yil 19-sentyabr). 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
  18. Jerry Zgoda. „Minnesota United's Brent Kallman gets 10-game ban for MLS substance-abuse violation“ (en). Star Tribune (2019-yil 20-sentyabr). 2020-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
  19. Andy Greder. „Minnesota United’s Brent Kallman fails drug test, suspended 10 games“ (en). Twin Cities (2019-yil 19-sentyabr). 2020-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.