BrestFransiyaning shim. gʻarbidagi shahar. Aholisi 148 ming kishi dan ziyod (1996). Atlantika okeani boʻyidagi yirik savdo markazi va dengiz arsenali. Mashinasozlik, jumladan kemasozlik, toʻqimachilik, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari, dengizchilik maktabi, ratusha, birja, teatr bor.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil